
EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “Real” futbolchilari
O‘tgan safar sizlarni “Real” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar bilan tanishtirgan edik. Bugun esa ushbu jamoa haqidagi turkum maqolalarning navbatdagisini e’tiboringizga havola qilamiz. Demak, EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “Real” futbolchilari.
EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5
5. Guti – 97 o‘yin
Guti Madridliklar tarkibida 1995-2010 yillar oralig‘ida 542 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Xose Mariya bu davr ichida 15 ta turnirda muvaffaqiyat qozondi. Jumladan 3 bora Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Umuman Guti EChLda 97 ta o‘yin o‘tkazgan va bu borada “Real” futbolchilari orasida 5-o‘rinda zikr etiladi. Guti “Real”dan ketganidan so‘ng, 2 mavsum mobaynida Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasida to‘p surib, faoliyatiga yakun yasadi.
EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 frantsuz
4. Serxio Ramos – 97
Ramos haqida bugungi kunda eshitmagan inson qolmagan bo‘lsa kerak. To‘purar himoyachi sanaladigan Ramos mana 12 yildirki, “Real” safida to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida 30 yoshli himoyachi “Real” bilan 3 bor La liga, ikki bor Ispaniya kubogi va yana shuncha mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritish bilan birga xalqaro arenada ham qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni ikki marta “o‘ziniki qilgan”. Ramosning EChLdgi ishtirokiga faqat xavas ko‘zi bilan boqish mumkin: 97 o‘yin, 9 ta gol va ikki g‘oliblik.
EChL: Tug‘ilgan kunida “dubl” qilganlar
3. Roberto Karlos – 107
Yana bir to‘purar himoyachi. Roberto Karlos o‘zining aqlbovar qilmas jarima zarblari bilan ham mashhurdir. “Qaymoqranglilar” safida 11 yil to‘p surgan Karlos bu vaqt oralig‘ida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 50 dan ortiq gollar kiritishga erishgan. Shu o‘yinlarning 107 tasi, gollarning esa 16 tasi klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir – EChLga to‘g‘ri keladi.
“Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar
2. Raul – 130
Raul “Galaktikos” tarkibida 1994-2010 yillar davomida 741 bellashuvda maydonga tushib, 323 ta golga mualliflik qiladi. Madridliklar bilan 16 ta titulni qo‘lga kiritadi va 31 ta shaxsiy sovringa ega chiqqan futbolchi “qaymoqranglilar” safida EChLda 130 ta uchrashuv o‘tkazgan va 66 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishni uddalagan.
1. Iker Kasilyas – 150
“Real” tarixidagi eng yaxshi darvozabon bu shubhasiz Kasilyasdir. Hozirda “Portu” safida to‘p surayotgan Iker madridliklar darvozasini 1999 yildan buyon himoya qilib, 678 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu davr ichida “galaktikos” bilan 17 ta turnirda bosh sovringa ega chiqqan Kaska chempionlar ligasida “Real” libosida 150 ta o‘yin o‘tkazgan.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar