Evrokuboklarning yarim finali 12 yil ichida ilk bor nemislarsiz o‘tadigan bo‘ldi
Bu mavsum evrokuboklarning yarim finali nemis jamoalarisiz o‘tadigan bo‘ldi. “Bavariya” EChLda “Real”ga, “Borussiya Dortmund” esa “Monako”ga har ikkala bahsda ham imkoniyatni boy berdi.
Evropa ligasida esa chorak finalga faqatgina “Shalke-04” etib kelgan edi. Biroq gelzenkirxenliklar kecha “Ayaks”ni mag‘lub etgan bo‘lsalarda, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi.
E’tiborlisi, bunday vaziyat so‘nggi 12 yil ichida ilk bor ro‘y bermoqda. 2004/05 yilgi mavsumda “Bavariya” EChL chorak finalida “Chelsi”ga yutqazib qo‘ygan edi. “Verder” xamda “Bayer” klublari esa turnirni gurh bosqichidayoq yakunlagashgan edilar. O‘shanda “Alemaniya”, “Shalke” va “Shtutgart” jamoalari esa UEFA kubogini 1/16 finaldayoq tark etishgan edi.

Fikrlar