Fomin ortidan "Nasaf" sobiq himoyachisi ham Ummonga yo‘l olishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qarshining “Nasaf” klubi himoyachisi Ildar Mamatkazin faoliyatini xorij chempionatida davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz internet-axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli himoyachi “Buxoro” klubi sobiq futbolchisi Maksimilian Fomin ortidan Ummonning “Saham” klubi safiga qo‘shilishi mumkin.

Olingan xabarga qaraganda, Mamatkazin bugun Muskat xalqaro aeroportiga borib qo‘ngan. Agarda muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topadigan bo‘lsa, Ummon chempionatida himoyachilarimiz tandemiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Qayd etish joiz, Mamatkazin o‘tgan mavsumda qarshiliklar safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 

Voqealar rivoji davom etmoqda. Bu borada eng so‘nggi xabarlar SPORTS.uz portali orqali berib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!