Jamshid Saidovning "Buxoro" haqida bildirgan fikrlari keskin tanqidlarga uchradi
Xabaringiz bor kecha saytimiz orqali “Buxoro” jamoasining sobiq ustozi Jamshid Saidovning intervyusi e’lon qilingan edi.
“Buxoro” jamoasi fan klubi rahbari Sanjar Qosimov ushbu intervyularda bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Uning tahririyatimizga yo‘llagan fikrini to‘lig‘icha, hech qanday o‘zgartirishlarsiz havola etishga qaror qildik.
“Buxoro” jamoasi sobiq ustozi Jamshid Saidovning intervyusidan parchani o‘qib chikdim.U erda “Buxoro”ni 4-uringa olib chiqilganligi bot-bot aytilgan. Albatta, 2015 yil jamoani Oliy ligada olib kolganlari uchun muxlislar minatdor, 2016 yil chiroyli uyinlar uchun ham minatdormiz. Lekin, 4-o‘rin bu natija emas. Bu o‘rin na Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma berdi va na medal sohibiga aylantirdi. Demak, shundan xulosa qilish mumkinki, 4-o‘rin bilan 10-o‘rinni egallagan jamoaning natijasi bir hil, ya’ni hech narsa yutmadi. Agar hech bulmaganda bronza medali qo‘lga kiritilganida edi (OChLga chiqmasak ham mayli), unda boshqa gap. O‘sha yili kuchsiz “Paxtakor”, moliyaviy muammolarga uchragan “Bunyodkor” va tarkib borasida teng bo‘lgan “Nasaf” bor chempionatda unday katta byudjet va kuchli tarkib bilan kamida 2-o‘rinni egallashingiz lozim edi, o‘rtoq Jamshid Saidov! Sizlarni ishdan bo‘shatishibdimi, demak buning o‘ziga yarasha sabablar bulgan. Men hozirgi yoki oldingi rahbariyatni oqlamokchi ham yoki qoralamoqchi ham emasma. Bu meni ishim emas. Lekin, “Buxoro” jamoasining 2017 yildan 2018 yilning yarmigacha ko‘rsatgan uyini 2016 yildan kolishmadi, kaysidir jabhada ustun ham edi (1-2 o‘rinlarga ko‘tarilib olganimiz nazarda tutilyapti). Men Ulug‘bek Bakoev tarafdoriman, chunki bu murabbiy futbolni fakat futbol uchun uynagan, jamoani uzini sha’ni, Buxoroni sha’ni uchun boshkargan, uyinchilar ham buni tasdihlashadi, boshha rahbariyat bilan ishim yuk. Agarda muxlislar bu gaplaringizdan keyin siz tomonda bo‘ladi deb uylasangiz- yanglishasiz, bunday muxlislar atigi 10% ni tashkil kilishi mumkin xolos..Hammamizga sabr tilayman”, - deydi Sanjar Qosimov o‘z xabarida.

Fikrlar