
Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
“Arsenal” jamoasi hujumchisi Olive Jiru JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburgga qarshi bellashuvda gol kiritishga erishdi va Frantsiya terma jamoasi to‘purarlari orasida kuchli 10 talikka kirishga erishdi. Biz esa shu munosabat bilan “uchranglilar” safida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtirishni maqsad etdik.
>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari
>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi
10. Olive Jiru – 23
2011 yil frantsuzlarning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Loran Blan Jiruni ilk bor termaga jalb etgan edi. O‘shandan buyon termada 61 ta bahs o‘tkazgan Olive raqiblar darvozasiga 23 bor gol kiritgan.
>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar
9. Silven Viltor – 26
1999-2006 yillarda terma jamoada faoliyat yuritgan Viltor raqiblar darvozasiga 26 marta yo‘l topgan. Buncha gol kiritish uchun esa unga 92 ta o‘yin kerak bo‘ladi.
>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
8. Karim Benzema – 27
Benzema 2006 yilning 9 noyabrida Gretsiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qiladi. Bugungi kunda terma jamoadan “badarg‘a” qilingan Benzema hisobida terma jamoa libosida kiritilgan 27 ta gol mavjud. Uning faoliyatiga turli mojarolar salbiy ta`sir etmay qolmadi va ayni shu sabab, u hozirda mamlakat bosh jamoasiga taklif etilmay kelmoqda.
>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
7. Yuri Jorkaeff – 28
Mamlakat bosh jamoasida 1993-2002 yillarda 82 o‘yin o‘tkazgan Jorkaeff raqiblar darvozasiga 28 marta gol kiritgan. E’tiborlisi, terma bilan JCh-1998 va Evro-2000 da g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ladi.
5-6. Jan Per-Papen – 30
1991 yilgi “Oltin to‘p” egasi 1986-1995 yillarda “uchranglilar” safida to‘p surgan. Bu vaqt davomida 54 ta o‘yin o‘tkazgan Papen 30 bor raqiblar darvozabonini “ranjitgan”.
5-6. Jyust Fonte – 30
1953-60 yillarda terma jamoada o‘ynagan Fonte hisobida ham 30 ta gol mavjud. Yagona farqi, unga buncha gol kiritish uchun 21 ta o‘yin kifoya qilgan.
4. Zinedin Zidan – 31
Zidanni ko‘pchilik yaxshi taniydi. 1994-2006 yillarda terma jamoada 108 uchrashuv o‘tkazgan “Zizu” raqiblar darvozasiga 31 marta to‘p kiritgan.
3. David Trezege – 34
Trezega esa 21 yoshida Jahon chempioni bo‘ladi. Umuman David terma jamoada rosa 10 yil to‘p surdi va obro‘si boride uni terma jamoani tark etdi. Uning hisobida bosh jamoa libosida kiritilgan 34 ta gol mavjud.
2. Mishel Platini – 41
UEFAning sobiq rahbari 1976-87 yillarda termada to‘p surgan bo‘lib, bu davr oralig‘ida terma libosida 72 ta bahs o‘tkazadi va raqiblar darvozasiga 41 bor yo‘l topadi.
1. Teri Anri – 51
1997-2010 yillarda to‘p bosh jamoada to‘p surgan Anri 123 o‘yinda ishtirok etib, 51 ta gol kiritgan. Ayniqsa, Anri Maltaga qarshi o‘yinlarni “sevar edi”. Boisi, frantsiyalik sobiq futbolchi ushbu jamoaga qarshi o‘yinlarda 4 bor gol kiritishga erishgan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar