
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)
Bundan bir necha kun oldin Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyareal” darvozasini penaltidan ishg‘ol etgan va La ligada 11 mterlik “nuqta”dan eng ko‘p gol kiritgan futbolchi bo‘lgan edi. Biz esa shu munosabat bilan Ispaniya chempionatiga oid ayrim statistikalarni sizning e’tiboringizg taqdim etamiz.
Nigohimizda Angliya liga kubogi finali
La ligada eng ko‘p o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa “Real” sanaladi. “Qaymoqranglilar” La ligada 1618 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan. Bu borada keyingi o‘rinlarda “Barselona”(1553) va “Atletiko”(1218)lar borishmoqda.
Ispaniya chempionatida eng ko‘p gol kiritgan jamoa ham “Real”dir. “Blankoslar” 5841 marta raqiblar darvozasiga gol kiritishning uddasidan chiqqan. Ammo himoya borasida “Barselona”ga eng keladigani yo‘q ekanligini aytmasak, “Barselona” muxlislari xafa bo‘lishsalar kerak.
Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin 8 ta bahs
“Espanol” klubi esa La ligada 1058 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. O‘z navbatida, “Atletiko” ham kelgusi mavsum La ligadagi 1000-mag‘lubiyatini qabul qilib olishi kutilmoqda.
Marhum Luis Aroganes esa La ligada murabbiy sifatida 757 ta o‘yin o‘tkazgan. Buncha o‘yin uchun esa unga 30 yil kerak bo‘lgan.
“PSJ”ning qimmatbaho sotuvlari
Bugungi kunda “Manchester Siti”da to‘p surayotgan Klaudio Bravo esa 754 daqiqa davomida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay bilgan. Bu Ispaniya chempionatidag eng yaxshi “quruq” seriyadir.
La ligada eng ko‘p durang o‘ynagan jamoa esa “Atletik”dir. Bilbao klubi 627 ta bahsda raqib bilan murosa ko‘chasini “tanlagan”.
Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar
La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa hozirda “Marsel”da sport direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Subisarretadir. O‘z vaqtida “Atletik”, “Barselona” va “Valensiya”da to‘p surgan sobiq futbolchi Ispaniya chempionatida 622 ta o‘yin o‘tkazgan.
Bir jamoa safida La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Rauldir – 550.
La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik futbolchi esa “Atletiko” xamda “Deportivo” klublarining sobiq futbolchisi Donatodir – 446 o‘yin.
Evropa ligasi ham qiziqarli yoxud mazkur turnirda eng ko‘p muxlis to‘plagan 5 o‘yin
Ispaniya chempionatida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Leo Messi – 332 ta.
2012 yilgi mavsumda esa Joze Mourino boshliq “Real” chempionatdagi 38 ta o‘yinda 121 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Davomi bor...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar