Messini kamsitmang!

CHERY AUTO

Ko‘pchilik muxlislar Lionel Messini Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashadi va argentinalik futbolchining terma jamoa safida sovrin yuta olmaganini ro‘kach qilib, portugaliyalik yulduzni undan ustun qo‘yishadi. Xo‘sh, umuman Messi singari omadsiz yulduzlar  tarixda juda ham ko‘p bo‘lgan. Biz esa bunga sizni ishontirish maqsadida, “Oltin to‘p” sovrindorlari orasida Messi singari terma jamoa bilan hech vaqo yutmagan futblochilar haqida hikoya qilamiz.

Tecno

>>“U Messidan ham kuchli bo‘ladi” yoxud Mbappening ajoyib natijalari haqida 

>>Top-5 chempionatlarda eng ko‘p gol kiritgan 5 to‘purar

>>APL braziliyaliklar uchun emasmi?

Raymon Kopa(Frantsiya)

 Asli polshalik bo‘lgan Raymon Kopa 1958 yilgi “Oltin to‘p” egasi sanaladi. Ayni shu yili Frantsiya terma jamoasi safida Shvetsiyada o‘tgan Jahon Chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. “Uchranglilar” safida boshqa aytarli natijaga erisha olmagan. “Futboldagi Napoleon” deb nom olgan Kopa “Le blyu” safida 45 baxsda maydonga tushib, 18 ta gol hosil qilgan.

Jorj Best(Shimoliy Irlandiya)

“Manchester Yunayted” afsonalaridan biri bo‘lgan Best terma jamoa safida to‘rt bot JCh, ikki bor ECh saralashida qatnashgan va ularning birortasida “shimolliklar”ni musobaqa sari etaklay olgan emas. 1968 yilgi “Oltin to‘p” egasi terma safida 37 uchrashuvda ishtirok etgan holda raqiblar darvozasga to‘qqiz bor yo‘l topgan.

Eysebio(Portugaliya)

“Qora panterrra” 1965 yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Angliyada o‘tgan Jahon birinchiligida garchi to‘qqizta to‘p kiritib, turnir to‘purari bo‘lsada, Portugaliya yarim finalda mezbonlarga imkoniyatni boy beradi. 3-o‘rin uchun kechgan baxsda esa SSSR termasi mag‘lub etiladi. Eysebio Portugaliya safida 54 o‘yin o‘tkazib, 41 ta golga mualliflik qilgan.

Yoxan Kroyf(Gollandiya)

Uch karra “Oltin to‘p” g‘olibi 1974 yilgi JChda Germaniyaga finalda imkoniyatni boy beradi. Turnir davomida esa Kroyf uchta gol kirishga muvaffaq bo‘ladi. 1976 yil Yugoslaviyada o‘tgan qit’a birinchiligida “uchar gollandlar” uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Kroyfning o‘zi esa faqatgina bir baxsda maydonga tushadi. “Total futbol” asoschisi terma libosida 48 baxs o‘tkazib, 33 gol muallifiga aylangan.

Kevin Kigan(Angliya)

Ikki karra “Oltin to‘p” sovrindori faqatgina 1982 yil Ispaniyada o‘tgan JChda ishtirok etgan xolos. “Uch sherlar”ning o‘sha vaqtdagi ustozi Bobbi Robson Daniyaga qarshi baxsga Kiganni chaqirmaydi va “ko‘rshapalak” o‘zining xalqaro faoliyatini yakunlaydi. Kigan Angliya libosida 63 o‘yin o‘tkazib, 21 golga mualliflik qilgan.

Jan-Per Papen(Frantsiya)

“JPP” 1991 yil “Oltin to‘p”ga ega chiqqan edi. Meksikada o‘tgan JChda Platini va Papen etakchiligidagi frantsuzlar yo‘liga yarim finalda Germaniya to‘siq bo‘ladi. Uchinchi o‘rin uchun baxsda esa Belgiya terma jamoasi over taymlarda “maxv etiladi” – 4:2. Jan-Per balki xalqaro faoliyatini barvaqt tugatmaganida o‘z maydonlaida kechgan mundialda zafar quchgan bo‘larmidi? Shunday bo‘lsada Papen “uchranglilar” safida to‘qqiz yil ichida 54 o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol uradi.

Xristo Stoichkov(Bolgariya)

1994 yil AQShda o‘tgan JChda Bolgariya terma jamoasi 28 yoshli Stoichkov va Lechkov boshchiligida yarim finalga qadar etib boradi. Chorak finalda esa Lottar Matteus etakchiligidagi Germaniyani  ikki futbolchi amalda to‘hatib qoladi. Yarim finalda esa Badjo Italiyani finalga olib chiqadi. 3-o‘rin uchun kechgan baxsda esa Bolgarlar Shvetsiyaga qarshi saf tortadi va “qaqshatqich zarba” qabul qilib oladi – 0:4. ECh-1996 va Frantsiyada o‘tgan JChda esa Bolgariya guruh bosqichidayoq uyga ravona bo‘ladi. Xristo o‘zining qaysarliklari tufayli bir muddat termadan chetda qolgan bo‘lsada, “sherlar” safida 83 o‘yinda 37 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqa bilgan.

Luish Figu(Portugaliya)

2001 yilgi jahonning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Figu o‘smirlar va yoshlar miqyosida Evropa va Jahon chempioni bo‘ladi. Biroq, kattalar o‘rtasidagi shu kabi turnirlarda omad  doimo undan yuz o‘girgan. 2000 yilgi qit’a birinchiligida bronza, o‘z maydonlarida o‘tgan chempionatda esa kumush medallarga ega chiqadi. Luish Portugaliya safida 127 uchrashuv o‘tkazib, 32 bor zafar quchgan.

Andrey Shevchenko(Ukraina)

2004 yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Sheva” klub miqyosidagi sovrinlari bir talay. Birok, terma jamoa hakida gap ketganda 2006 yilgi mundialdagi chorak finaldan boshqa narsa haqida gapirib bo‘lmaydi. Umuman Andrey 2002 hamda 2006 yilgi mundiallarda, shuningdek, o‘z maydonlarida o‘tgan kit’a birinchiligida ishtirok etgan. Germaniyadagi JChni aytmasa, qolgan musobaqalarning barchasida Ukraina terma jamoasi o‘z yurishlarini guruh bosqichidayoq to‘htatgan. Shevchenko “sariq-ko‘klar” safida jami 111 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozabonlarini 48 bor “xafa qilgan”.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!