
Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 mart kuni JCh-2018 saralashi 3-bosqich 7-turida Toshkentda Qatar termasiga qarshi bahs olib boradi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan ertangi raqibimiz tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 5 futbolchi bilan sizlarni tanishtiramiz
Mavzuga oid:
>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar
>>JCh-2018 saralash bosqichi. Biznikilar joylashgan guruh statistikasi
5. Xalfan Ibroxim – 87 ta o‘yin
“As-Sad” klubi afsonasi bo‘lgan Xalfanni ko‘pchiligimiz 2006 yilgi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida yaxshi bilamiz. Qolaversa, Xalfan bir necha marotaba O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda ishtirok etgan. Yodingizda bo‘lsa, 2011 yilgi OK ochilish o‘yinida aynan uning va darvozabonning o‘zaro tushunmovchiligi sabab, Server Jeparov osongina to‘pni darvozaga kiritgan edi. Uning hisobida terma libosidagi 84 o‘yin mavjud.
>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
4. Ibroxim Majid – 92
Qatar termasining amaldagi sardori hisobida bosh jamoa libosidagi 92 ta o‘yin mavjud. Garchi himoyachi bo‘lsada, Majid terma jamoa safida 6 ta gol kiritishga erishgan. To‘g‘ri, ularning aksariyati o‘rtoqlik o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Ammo…
>>Qatar termasining JCh-2018 saralashidagi ishtirokiga oid faktlar
3. Bilol Muhammad – 108
Butun faoliyatini “Al-Garafa”ga bag‘ishlayotgan Bilol 2003 yildan buyon terma jamoada o‘ynab keladi. So‘nggi bor 2014 yilda Qatar termasi libosida maydonga tushgan himoyachi hisobida terma libosidagi 108 ta uchrashuv mavjud.
2. Vesam Riziq – 111
Sardor Rashidovning sobiq jamoadoshi bo‘lgan Riziq 2001-2014 yillarda Qatar milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan. Bu davr oralig‘ida esa Quvaytda tug‘ilgan yarim himoyachi Qatar termasi safida 111 ta o‘yinda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.
1. Sebastyan Soriya “Kuintana” – 120
Bu nom bizga juda ham tanish… Umuman olganda 2006 yildan buyon Qatar termasida o‘ynayotgan Soriya hisobida terma libosidagi 120 ta uchrashuv mavjud va asli urugvaylik bo‘lgan Soriya Qatar termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi. Bundan tashqari “Kuintana” janoblari Qatar termasid tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biridir – 40 ta gol. Bu borada esa Soriya 1992-2004 yillarda to‘p surgan Muborak Mustafoga tenglashib oldi. Undan o‘zib ketishi uchun esa Soriyaga yana bitta gol kerak. Umid qilamizki, o‘sha gol ertaga kiritilmaydi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar