Rus klublari futbolchilari ortidan 7 million evro oladigan bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya klublari UEFA tomonidan 6972086 evro oladigan bo‘ldi. Bu haqda Evropa klublar assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Bu mablag‘ futbolchilari Evro-2016 saralashlari va finalida ishtirok etgan jamoalarga bo‘lib beriladi.

Bu borada eng ko‘pini Moskvaning TsSKA klubi oladigan bo‘ldi (1 361 074 evro), ikkinchi o‘rinda Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi (1 158 172 evro), kuchli uchlikni esa “Krasnodar” (868 247 evro) yakunlab berdi.

Moskvaning boshqa bir jamoasi “Spartak” esa evropalik futbolchilari ortidan 578 242 evro ishlab oladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!