
Server Jeparov bugun Tehronda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Avval xabar berganimizdek, Eron chempionati ishtirokchisi Tehronning «Istiqlol» klubi O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Server Jeparovni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun futbolchiga bir yarim yillik shartnoma taklif qilishi kutilayotgan edi.
Bir necha soatlar avval esa «Istiqlol» klubida faoliyat olib boradigan ishonchli manbaning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, tomonlar shartnoma imzolash borasida yakuniy qarorga kelishgan.
Biroz avval esa, Erondagi bu ishonchli manbaning SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishicha, Server Jeparov kecha kechqurun Eron poytaxti Tehron shahriga etib borgan. Terma jamoamiz a’zosi bugun ertalab tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
SPORTS.uz axborot portali Server Jeparov transferi bo‘yicha voqealar rivojini uzluksiz kuzatib bormoqda va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola etiladi.
SPORTS.uz saytini kuzatib boring.
Fikrlar