WBO Pakyao mag‘lub bo‘lgan jang natijalarini qaytadan ko‘rib chiqadi

  • 9 iyul, 2017, 21:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) filippinlik Menni Pakyao va avstraliyalik Jeff Xorn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang natijalarini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan, deya xabar beradi tashkilot rasmiy sayti.

Tecno

U bokschilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2 iyul kuni Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tgan va Xorn hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan edi.

Keyinroq filippinlik bokschi tashkilotdan natijalarni qayta ko‘rib chiqishn talab qilgan. U shuningdek, revansh jangini o‘tkazishni ham rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!