"Yuventus" Mbappe borasida "Real" bilan raqobatlashishga tayyor
Turinning “Yuventus” klubi ham “Monako”ning yosh, iqtidorli hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, turinliklar 18 yoshli frantsiyalik futbolchi borasida “Real” bilan raqobatlashishga tayyor. Bundan tashqari “Yuventus” monakoliklarning uch futbolchisi: Temue Bakayoko, Toma Lemarom va Fabinolarga ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbappeni shuningdek «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari ham o‘z safida ko‘rishmoqchi. O‘z navbatida “Monako” futbolchisini 120 mln evroga baholamoqda.
Mbappe: Men yosh bolaman, onam meni mashg‘ulotlarga olib boradi>>>

Fikrlar