Zidan: Ronaldu ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganidan hafa
Kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Real” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Krishtianuning o‘z gollaridan ko‘ngli to‘ldi, biroq, u o‘yin davomida bir necha bor qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganidan afsusda.
Garet Beyl o‘zini biroz yomon his qila boshladi, men esa tavakkal qilishni istamadim va uni darhol almashtirdim. O‘ylaymanki uning sog‘ligi borasida jiddiy havf yo‘q. Beylning o‘rniga maydonga tushgan Marko Asensioning o‘yinidan ham ko‘nglim to‘ldi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar