Avvalgi Jasur qani? Belarusda Yaxshiboevning o‘yinini tanqid qilishdi

  • 23.06.2020 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarusning mashhur nashri - “Pressbol” mutasaddilari va mutaxassislari joriy chempionat boshlanganidan buyon o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboevning o‘yinini tahlil qilib kelmoqda. Avvaliga hamyurtimizning harakatlaridan hayratlangan nashr ekspertlari endi “Paxtakor”dan ijaraga olingan futbolchining o‘yinida susayish davom etayotganini ta’kidlamoqda.

20200621022652

O‘zbekistondan kelgan yigitning mavsum boshidan chempionatni gullatganini yaxshi eslaysiz, - deb yozadi “Pressbol”. – Ilk uchrashuvlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Jasur “BATE” darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi, “Rux” bilan bo‘lgan bahsda ajoyib assistni amalga oshirdi. Keyin uning aniq zarbasi “Minsk” posbonini ojiz qoldirdi.

Dastlabki uch turdan so‘ng “Energetik-BGU” turnir peshqadamiga, Jasur Yaxshiboevning o‘zi chempionatning eng zo‘r o‘yinchisiga aylandi.

20200621022800

Keyin esa...

Hammasi orqaga keta boshladi. Ketma-ket uchrashuvda quruq va golsiz mag‘lubiyat. Musulmonlar uchun muborak bo‘lgan Ramazon oyida Yaxshiboev ro‘za tutgan holda to‘p surdi va o‘z hisobiga to‘rtta gol yozib qo‘ydi. Bu gollarning barchasi penaltidan kiritildi.

May tugab, yoz boshlandi. Jasurning statistikasi ham quriy boshladi. Iyun oyining uchta uchrashuvida na gol urdi, na golli pas oshira oldi.

20200621022722

Yaxshiboev o‘yinidagi pasayish davom etadigan ko‘rinadi. Chunki uning hozirgi o‘yinlarida avvalgi saviya, oldingi ishtiyoq, jozibali dribling va ajoyib samaradorlik yo‘qotila boshlaganiga ancha bo‘ldi.

Xo‘sh, avvalgi Jasur qani?

Jasur Yaxshiboev mutaxassislarni hayratga solmoqda

Belarusda bombardirlar bahsi. Yaxshiboev bugun gol urishi shart!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
21/06/2020 16:10
Булди кетди ухлади жасурларинг. 2 пулга киммат булди
Расулжон Тоштемиров
21/06/2020 14:10
Юлдузлик текган узидан кетган