Azizbek Turg‘unboev jamoasi hammani chaqirdi

  • 25 iyun, 2024, 16:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropaning kuchli chempionatlari safiga qo‘shilib borayotgan Turkiya Superligasi ishtirokchilari ham birin-ketin yangi mavsum tayyorgarligiga kirishmoqda.

Ma’lumki, o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida uch nafar futbolchimiz to‘p tepdi. Avval yurtimizdan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklarida ham to‘p tepgan tajribali Otabek Shukurov avval “Fotih Karagyumryuk”da o‘ynab, mavsumning yarmidan erkin agent maqomida “Kayserispor”ga ko‘chib o‘tdi.

Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Husniddin Aliqulov esa, butun mavsumni “Rizespor” klubida o‘tkazib, jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.

Azizbek Turg‘unboev turk chempionatiga fevralda yo‘l oldi va darrov o‘zini ko‘ratdi. “Sivasspor” safiga qo‘shilgan universal futbolchimiz Turkiya Superligasidagi ilk golini ham urdi.

Umumiy hisobda, legionerlarimizning uchalasi Turkiya chempionatining yuqori divizionida  jami 61 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Azizbek Turg‘unboev faoliyat yuritayotgan “Sivasspor” klubi rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha futbolchilarini yig‘inga chaqirdi.

Klubning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, jamoa vakillari yozda bir necha bosqichli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Dastlabki yig‘in 27 iyundan boshlanadi. Ta’tildan keyingi ilk mashg‘ulotlar klubning Sivas shahridagi qarorgohida tashkil etaladi.

Ikkinchi bosqich 17 iyuldan  boshlab, Erzurum shahriga ko‘chiriladi. Jamoa balandlikda joylashgan sport bazasida mashg‘ulot o‘taydi.

Erzurumdagi yig‘indagi keyin jamoa yana Sivasga qaytib, mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

“Sivasspor” murabbiylar shtabi yig‘in davomida bir necha uchrashuv tashkil qilishni so‘ragan. Ayni paytda klub mutasaddilari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida o‘tkaziladigan sinov-nazorat uchrashuvlariga raqib tanlash bilan mashg‘ul.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” va “Paxtakor”da o‘ynagan Azizbek Turg‘unboev turkiyaliklar bilan 2025 yilning 30 iyuniga davom etadigan shartnoma imzolagan.

29 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasida 34 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ygan.

Fayzullaevga qiziqish bor, faqat...

TsSKA asosiy tarkibda shug‘ullanayotgan Rustambekka qanday baho berdi?

Shomurodov jamoasiz qolmaydi!

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Парпибоев Шерали
25/06/2024 21:49
Шуям савлавха булдию