
Bartomeu: Messining shundoq ketishiga yo‘l qo‘mayman!
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu jamoa etakchisi Lionel Messi bilan bo‘lgan voqealarga izoh berdi.
Xabaringiz bor, Messi jamoadan ketishni istagan, Bartomeu uzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara qilishdan bosh tortib, transfer uchun 700 million evro talaba qilgan edi. Endi klub rahbari nega bunday qilganiga izoh bermoqda.
- Men Messi bilan konfliktga borishni istamayman. U jamoa sardori va etakchisi. Maydonda nimalarga qodir ekanini hamma ko‘rgan. Jamoa unga muhtoj bo‘lib turganida men uning shundoq ketib qolishga yo‘l qo‘ymayman. Messining borligi – muvaffaqiyat kaliti, - dedi Jozep Bartomeu.
Shuningdek, jurnalistlar Bartomeudan Messining ketishiga ruxsat berishi haqidagi va’dasini bajarmagani to‘g‘risidan ham savol berdi. Bunga javoban, Bartomeu Messi bilan boshqa tortishmasligini va bu kabi masalalar ichki tartibda hal etilishini aytdi.
Fikrlar