Bugun Yaxshiboevdan gol kutamiz!

  • 20.06.2020 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bugun Belarus chempionatida 14-tur o‘yinlari davom ettiriladi. O‘zbekistonlik legionerlar – Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" safar uchrashuvida “Dinamo-Minsk” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Bo‘lajak uchrashuv Jasur Yaxshiboevning to‘purarlar bahsida yakka peshqadamga aylanib olishi uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Chunki uning asosiy raqobatchisi Gegam Kadimyan kechagi uchrashuvda jamoasi g‘alaba qozonganiga qaramay, raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

Ayni paytda har ikki futbolchi hisobida ettitadan gol bor.

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Belarus chempionati. 14-tur

22:00 “Dinamo-Minks” – “Energetik-BGU”

Jasur Yaxshiboev mutaxassislarni hayratga solmoqda

Belarusda bombardirlar bahsi. Yaxshiboev bugun gol urishi shart!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!