"Bunyodkor" va "Qo‘qon-1912" klublari o‘rtasidagi shov-shuvli transferda FIFA reglamenti buzilganmi yoxud 2 oyga tuzilgan shartnoma muhokamada
Xabaringiz bor, kecha "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati jamoa sardori Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor" klubiga qisqa muddatga, ya’ni 2 oyga ijaraga berilganini ma’lum qildi.
Bizning futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” himoyachisi “Bunyodkor”ga 2 oyga ijaraga berildi

Ushbu xabar saytimizda chop etilganidan so‘ng tvitterdagi sahifamizda ko‘pchilik o‘rtasida bahs munozaralar yuzaga keldi. Taniqli mutaxassis Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbaev ham ushbu voqelikka o‘z fikrini bildirar ekan transferlar kamida 6 oyga tuzilishi kerakligini bildirdi. "Kamida 6 oy - mavsum o‘rtasida transfer bo‘lsa, mavsum boshlanishida bo‘lsa - kamida mavsum oxirgacha bo‘lishi kerak", dedi Nikimbaev.
Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu mavzuni davom ettirar ekan quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
- Ushbu vaziyatni 2014 yilda Anvar G‘ofurov bilan bo‘lgan voqea bilan taqqoslamang. Keyin Anvar "Lokomotiv" bilan to‘liq shartnoma imzolagandi. Ammo OChL pley-offidagi muvaffaqiyatsizlik va jamoada murabbiy almashtirilganidan so‘ng klub va o‘yinchi o‘zaro kelishuvga asosan bitimni bekor qilishdi. Bu esa G‘ofurovga "Bunyodkor"ga o‘tib, OChL guruh bosqichida o‘ynash imkoniyatini berdi, - deya fikr bildirdi Nikimbaev.
Ushbu transferga bo‘lgan e’tibor va munosabatlarni ko‘rib turipsiz. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ushbu transferda FIFA reglamenti buzilgan bo‘lishi mumkin. Endi esa biz PFLdan vaziyatga oydinlik kiritishini kutib qolamiz.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz!
Fikrlar