Coca Cola Superliga qaytmoqda! Bugun ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi
Bugun Coca Cola Superligada 4-tur o‘yinlari start oladi. Pandemiya davrida ushbu bellashuvlar muxlislarsiz, qat’iy tartib va qoidalarga asoslangan holda o‘tkaziladi.
Mavsum restartini "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi boshlab beradi. Mazkur qarama-qarshilik soat 19:00 da start oladi. Tanaffus vaqtida esa Coca Cola O‘zbekiston kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi.
20:00 da esa "Qizilqum" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Ushbu uchrashuv "Mahalla" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar
NASAF mo‘hlesi