
Dragan Cheran nega bugun "Paxtakor"ga muhim o‘yinda yordam bera olmayapti?
Yana birozdan so‘ng, Qatar poytaxti Doha shahridagi "Al-Janub" stadionida "Paxtakor" - "Al-Hilol" uchrashuvi boshlanadi.
Murabbiylar tarkiblarni e’lon qildi. Ko‘pchilik Dragan Cheran nega qaydnomaga kiritilmagani borasida savollar paydo bo‘ldi. Serbiyalik hujumchi hisobida ikkita sariq kartochka borligi bois bugungi bahsda "Paxtakor"ga yordam bera olmaydi.
"Paxtakor" - "Al-Hilol". Murabbiylar tarkiblarni e’lon qildi (Foto)
"Paxtakor" futbolchisi legionerga aylandi. Hamyurtimiz Evropaga yo‘l oldi (Foto)
Shuningdek, "Al-Hilol" bilan bellashuvda qizil kartochka olgan Eldor Suyunov ham bugun maydonga tushmaydi.
Guruhda hozircha "Al-Hilol" 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Shota Arveladze jamoasi 6 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
"Paxtakor" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Fikrlar