
Dzyudochilarimiz Dyusseldorf turnirini g‘alaba bilan boshlashdi
Xabar berganimizdek, bugun Germaniyaning Dyussueldorf shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turniri start oldi. Reglamentga ko‘ra, bugun engil vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tadi.
-60 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Diyorbek O‘rozboev ilk davrada sloveniyalik David Shtarkelga qarshi bahs olib borib, bellashuvning 3:23 daqiqasida ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi. Bungacha vakilimiz vazari bahosini ham ishlab olishga ulgurgan edi.
Vakilimizning keyingi davradagi raqibi ozarbayjonlik Vugar Shirinli bo‘ladi. Yana bir necha daqiqadan keyin -66 kilogarmm vazn toifasida bahs olib boradigan yurtdoshimiz Dostonjon Xoliqulov ukrainalik Georgi Zantariyaga qarshi kurashadi.
Fikrlar