EChL finalida “Real” mehmondagi libosdan foydalanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marca nashrining xabar berishicha, “Real” 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Evropa Chempionlar ligasi finalida o‘zining mehmondagi libosidan foydalanadi.

Gap shundaki, Kardiffda o‘tadigan o‘yinda “Yuventus” nominal mezbon jamoa sanaladi va “keksa sinora” o‘zining an’anaviy qora-oq rangdagi libosda maydonga tushadi. “Real” shu bois, o‘zining an’anaviy oq rangdagi libosida emas, balki, mehmonda foydalanadigan binafsha rangdagi liboslardan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil EChL yarim finalida Turinda o‘tgan bahsda ham “qirollik klubi” ikkinchi libosdan foydalangan edi. Faqat, u vaqtda mehmondagi libosning rangi qora bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!