Fayzullaev, Husanov va o‘zbek futbolchilariga dunyoda qanday baho berishyapti?
Xorijlik futbol ekspertlari, mutaxassislar, murabbiylar, bir so‘z bilan aytganda futbol jamoatchiligi Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Qitt’a va jahon chempionatlari yangi nomlar, hali keng jamoatchilik nazariga tushmagan iste’dod egalarin kashf qilib berishi bilan ahamiyatli.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogiga bir necha yosh o‘yinchilarni ham jalb qilgan. “V” guruhida Hindiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvidan keyin dunyoning turli mamlakatlaridagi futbol manbalari ushbu uchrashuv va unda o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilar haqida o‘z fikr-mulohaza va tahlillari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga jahon matbuotida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yini va futbolchilari haqidagi fikr-mulohazalar va ma’lumotlarni keltiradi.
Mo‘g‘ulistonning news.mn sayti:
Abbosbek Fayzullaev – Osiyoning yangi yulduzi, u o‘zbek futbolining kelajagini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston futboli keyingi yillarda rivojlanish jihatidan Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar bilan raqobatlashish darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, bu mamlakatning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari nafaqat qit’ada, balki jahonda ham eng kuchlilaridan biri sifatida tan olinmoqda. Bunga 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek futbolchilarining jahon chempionatida Angliyani yutgani, Ispani bilan durangga erishgani, Frantsiyaga kichik hisobda yutqazsa-da, ular bilan tengma-teng o‘ynab, shov-shuvlarga sabab bo‘lganini misol qilish mumkin.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, Osiyo kubogidagi ikkinchi uchrashuvida Hindistonni 3:0 hisobida engdi. Bu bahsda Abbosbek Fayzullaev porladi. U hisobni ochishdan tashqari, jamoasining ikkinchi golida ham ishtirok etdi.
Abbosbek Fayzullaev – 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining g zo‘r o‘yinchisi. 20 yoshli hujumkor futbolchi Qatarda ham eng yorqin o‘yin namoyish qila oladigan yulduzga aylanishiga shubha yo‘q.
Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasida 19 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanov ham bor. Bu himoyachi qisqa fursatda Frantsiyaning “Lans” jamoasida asosiy tarkibga kira oldi. Bu futbolchilar bir qator klublar e’tiborini o‘ziga qaratib kelyapti.
O‘zbeklarning asosiy yulduzi – Eldor Shomurodov yo‘qligiga qaramay, iste’dodli yoshlar Osiyo chempionatida uning yo‘qligini bildirmay, bosh sovrin sari dadil odimlamoqda.
Frantsiyaning lensois.com sayti:
Srechko Katanech boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi doirasida Hindistonni osongina tor-mor etdi.
Frantsiya chempionati ishtirokchisi “Lans” vakili Abduqodir Husanov terma jamoa safida yana bir yorqin o‘yinini o‘tkazdi. Husanov ancha xotirjam to‘p tepdi va o‘zi qatnashgan 53 ta vaziyatda bexato harakat qildi.
O‘zbekiston ketma-ket ikkita uchrashuvda o‘z darvoo‘zasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uchinchi tur oldidan ochkolari sonini to‘rtta etkazgan o‘zbeklar keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.
Osiyo futbol kenfederatsiyasining the-afc.com sayti:
Srechko Katanets bosh murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi juda yaxshi taassurot uyg‘otmoqda. Hindiston bilan kechgan o‘yinda bu jamoa TsSKA vakili Abbosbek Fayzullaevning harakatlari evaziga tezkor gol kiritishni uddaladi.
20 yoshli futbolchi raqiblar o‘yinchisi Raxula Bekening xatosidan unumli foydalanib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. Himoyada yuzaga kelgan sarosimadan Igor Sergeev ustalik bilan chiqdi – 2:0.
Sherzod Nasrullaev birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda sovuqqonlik bilan zarba berdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Endi hindistonliklar musobaqadagi ishtirokini davom ettirish uchun so‘nggi turda Suriyani mag‘lub etishi shart.
O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?
Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?
Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?
Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?
Fikrlar