Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?

  • 15 mart, 2024, 23:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yili avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin favqulodda muvaffaqiyatli o‘ynay boshladi.

Tecno

Iste’dodli yosh hujumkor futbolchi qisqa fursatda “armiyachilar”ning asosiy figurasiga aylandi. Mavsumning birinchi yarmida Premer-liga va mamlakat kubogida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etgandi.

20 yoshli legionerimiz mavsumning birinchi qismida eng asosiy kashfiyot sifatida e’tirof etildi.

Mart oyi boshida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi o‘yinlari qishki tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklandi. Bahorning ilk o‘yinida “Orenburg” jamoasiga qarshi ilk daqiqadan maydonga tushib, 73-daqiqa to‘p tepgan Abbosbek Fayzullaev keyingi bahslarda zaxira o‘rindig‘idan joy oldi.

Chempionat doirasida “Krilya Sovetov”ga qarshi bahsda 77-daqiqada maydonga tushib, o‘yin yakunlanishiga besh daqiqa qolganida jarima maydonchasi ichida  qoidani buzdi va penaltiga sababchi bo‘ldi. Yaxshiki, Igor Akinfeev raqib zarbasini bartaraf etdi va hisob TsSKA foydasiga hal bo‘ldi – 2:0.

Fayzullaev Rossiya kubogi doirasida “Rostov” bilan bo‘lgan bellashuvda o‘yinga ancha kech – 87-daqiqada qo‘shildi.

Bu holat ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Rossiya futbolini yoritib kelayotgan manbalardan biri – sport24.ru  sayti vakillari Fayzullaevdan nega bosh murabbiy uni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmayotganini so‘radi.   

— Vladimir Fedotov seni nega boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmayotganini tushuntirib berdimi?

— Yo‘q.

— Balki bu Osiyo kubogidagi ishtiroking bilan bog‘liqdir?

— Buni bilmayman, bu savol murabbiyga.

— Jismoniy tomondan o‘ynashga tayyorligingni his qilyapsanmi?

— Ha.

Ta’kidlash lozimki, jurnalistlar avvalroq TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotovdan nega Abbosbek Fayzullaevni zaxirada qoldirayotganini so‘ragan edi. Bu savolga javob bergan taniqli mutaxassis o‘zbek futbolchisi Osiyo kubogidan keyin jamoaga qo‘shilgani, unga biroz dam berilgani va birinchi navbatda, emotsional hissiyotlarini tartibga solib olishi kerakligi, hammasi joyida ekani va Abbos istalgan vaqtda maydonga chiqishga tayyorligini ta’kidlagan.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 20 yoshli futbolchini mart oyida bo‘ladigan yig‘in va o‘yinlarga taklif etganini eslatib o‘tish joiz.

Bu yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Gonkong bilan kuch sinashadi. O‘yin 21 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Shomurodovning noyob xislati e’tirof etildi

A Seriya: Shomurodov va ro‘za tutayotgan yulduzlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
15/03/2024 16:39
Мақтайвериб, осмонга кўтаравериб, бу болани ҳам, "кўкармасдан" йўқ қилдиларинг.
33 8
16/03/2024 08:19
Maqtab maqtab Shomurodovni tiqdilaring, buniyam shunaqa qilyapsilar.
Ulugbek Ruziqulov
16/03/2024 05:55
Sports.uz aybdor bir maqolani bir haftalab aylantirib xit qildilaring oʻzbeklarda suq va kinna degan narsa bor