
Fayzullaev yanada kuchli chempionatga o‘tmoqchi
Rossiya premer-ligasining sakkizinchi turidan o‘rin olgan TsSKA va “Krilya Sovetov” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv qahramoni Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.
O‘zbek legioneri jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramay, moskvaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Bungacha ikkita uchrashuvda atigi bir necha daqiqa o‘ynagan hamyurtimiz “Krilya Sovetov” bilan bo‘lgan bahsda ikkinchi bo‘limda to‘liq o‘ynadi va TsSKAning o‘yinini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Uning aniq pasini golga aylantirgan Fyodor Chalov hisobni tenglashtirib, durang natijani ta’minladi.
Bu o‘yindan keyin muxlisu mutaxassis, jurnalist e’tibori Fayzullaevga qaratildi. Legionerimiz yana intervyu berdi. Bu gal Abbosbek ancha qiziq ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
— Jamoaga yordam bera olganimdan juda mamnunman. Bu gal sal ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘ldim. Keyingi bahsda yanada yaxshi o‘ynayman.
— Avval o‘ynagan pozitsiyangda harakat qilding. Ancha qulay bo‘ldimi?
— Menga buning farqi yo‘q, muhimi – maydonda bo‘lish. O‘yinimdan qoniqdim, lekin yanada yaxshi o‘ynay olaman. Nasib qilsa, gol ham uraman.
— O‘zbekiston terma jamoasidagi gollar o‘zingga bo‘lgan ishonchni kuchaytiryaptimi? Qanday kayfiyatda qaytding?
— Gol urganingda har doim o‘zingga bo‘lgan ishonch ortadi va sen yanada yaxshi o‘ynashingga yordam beradi.
— O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rib, o‘yindan keyin o‘sha erga bording...
— Ha, men O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rdim va uni ko‘targan muxlislar yoniga bordim, ular bilan salomlashdim. Men ularni tanimayman, ular uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan odamlar.
— Ular sizga O‘zbekiston bayrog‘ini sovg‘a qilishdi, siz ularga futbolka berdingiz...
— Ha, ular bilan salomlashib, biroz muloqot qildik.
— O‘zbekistonlik ko‘p futbolchilar Rossiya Premer-ligasida o‘ynagan. Eng zo‘ri kim?
— Odil Ahmedov. Mirjalol Qosimov ham zo‘r o‘ynagan. Eldor Shomurodov ham yaxshi, u Rossiya Premer-ligasi orqali top-chempionatga yo‘l olgan.
— Sizning yo‘lingiz qanday bo‘ladi? Nimalarga erishmoqchisiz?
— Rivojlanish va Rossiyada muvaffaqiyatli o‘yinchilardan bo‘lishni istayman. Keyin yanada kuchli chempionatda to‘p tepmoqchiman.
— Kim bilan ko‘proq muloqot qilyapsiz?
— Sasha Zdelar bilan.
— Jamoada eng quvnog‘i kim, eng jiddiysichi?
— Quvnog‘i — Maks Muxin. Jiddiysi — Igor Akinfeev.
— Uzoq vaqtdan beri yuta olmayapsizlar. Muammo nimada?
— Biz har doim yutishni xohlaymiz, vaziyatlardan unumliroq foydalanishimiz kerak.
— Tez moslashyapmiz, bugungi o‘yiningiz – eng yuqori darajangizmi?
— Yo‘q, eng yuqori darajam emas. Buni tez orada ko‘rasizlar.
Rossiya futbolining eng yorqin yulduzlari endi Fayzullaevga muxlislik qiladigan bo‘ldi
Fayzullaev nega tabrikni qabul qilmadi?
TsSKA bosh murabbiyi Abbosbek Fayzullaev haqida nimalar dedi?
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar