
Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogini kutilganidan biroz erta tark etdi. O‘yin bobida qit’aning etakchi jamoalari bilan tengma-teng o‘ynagan futbolchilarimiz yana penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat tufayli musobaqadan chiqib ketdi.
Qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘z mahoratini namoyish qilgan futbolchilar qatoriga Abbosbek Fayzullaevni qo‘shish mumkin. Jarohati tufayli O‘zbekistonga yordam bera olmagan Eldor Shomurodov o‘rniga etakchilikni aynan TsSKA vakili o‘z zimmasiga oldi.
20 yoshli hujumkor futbolchimiz terma jamoa o‘yinini kuchaytira oldi, ikkita gol urdi va bitta assist qayd etdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi Abbosbek Fayzullaevni musobaqaning eng kuchli iqtidor egalari qatorida e’tirof etdi.
Ayni paytda ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar orasida Abbosbek Fayzullaevning Evropa kuchli ligalari o‘tish imkoniyati qiziqtirayotgani sir emas.
Taniqli portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Rossiyaning metaratings.ru saytiga bergan intervyusida o‘zbek legionerining Evropada o‘ynash imkoniyatiga baho berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Paulu Barbozaning savol-javobini havola etadi.
– TsSKA hozir Abbosbek Fayzullaev hammaning diqqat markazida turganida uni sotib yuborish haqida o‘ylasa bo‘ladimi?
– Hozir aniq biror narsa deyish qiyin. Hamma narsa Fayzullaevning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topa olishlariga bog‘liq.
Yana bir muhim masala — Abbosbek uchun qancha pul so‘rash kerak? Ayni damda aksariyat ligalarda transfer bozorlari yopildi. Evropada deyarli hammasi yopiq.
Men Fayzullaev Evropada o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman. Lekin hozirning o‘zida transfer variantlari ko‘p emas.
Hozirning o‘zida Xitoy va AQSh variantlari bor, lekin bu qanchalik foydali, bunisini bilmayman. O‘yinchi uchun eng muhimi, doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. Mana shu sharoitda o‘sish imkoni bo‘ladi.
Agar Fayzullaev yaxshi o‘ynashda davom etsa, transfer uchun hali imkoniyatlar etarlicha bo‘ladi. Biroq bu borada masala boshqa narsada: boradigan joyida qay darajadagi raqobatni engib o‘ta oladi? Eng avval, shu savolga javob topish kerak, - dedi Paulu Barboza.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan Fayzullaev shu turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Keyinchalik Argentinada yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Xalqaro maydondagi turnirlardagi o‘yini bilan xorij klublari nazariga tushdi. Transfer masalasida faollik ko‘rsatgan TsSKA uni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fayzullaev legioner sifatida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi.
Xorijlik ekspert ispanlarga Fayzullaev haqida ma’lumot berdi
Raneri Shomurodov qachon maydonga qaytishini aytdi
Terma jamoamiz etakchisini Rossiyaning bir necha klublariga taklif qilishdi...
Arab klubi bosh murabbiyi Fayzullaevga e’tibor qaratdi
Bizga Fayzullaevning gollarini ko‘rsatishyapti
O‘zbekiston Qatarni yutadimi? Terma jamoamizni yaxshi biladigan ekspertlar xulosasi
Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?
TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!
Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!
Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!
Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!
Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi
Fikrlar