FIFA: Nimchorak finalni O‘zbekiston boshlab beradi! (1/8 finallar ro‘yxati)

  • 16 noyabr, 11:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonlik qilayotgan 17 yoshgcha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 32 ta terma jamoa plef-offning dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

1/16 finalda g‘olib chiqqan terma jamoalar bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi. Quvonarli tomoni, ular orasida Osiyoning amaldagi chempioni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham bor.

Islom Ismoilov shogirdlari murakkab o‘tgan o‘yinda Evropaning eng kuchli jamoalaridan hisoblangan Xorvatiyani musobaqadan chiqarib yubordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar mahorat ko‘rsatdi – 4:3.

Jahon chempionati tashkilotchisi bo‘lgan  Xalqaro futbol assotsiatsiyalari uyushmasi – FIFA rasmiy sayti orqali nimchorak finallar haqida yakuniy ma’lumotlarni berdi.

17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatida saralangan 16 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashni daom ettiradi. Pley-offning birinchi bosqichi bir necha ajoyib o‘yinlarni taqim etdi. Oldinda esa, bizlarni yanada qizg‘in uchrashuvlar kutib turibdi.

Quyida 1/8 final juftliklari bilan tanishib olishingiz mumkin. Barcha uchrashuvlar 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, - deb yozdi FIFA tashkiloti matbuot xizmati fifa.com saytida.

Nimchorak final o‘yinlarini ikki qit’a – Evropa hamda Osiyo chempionlari – Italiya va O‘zbekiston terma jamoalari boshlab beradi. Bu uchrashuv 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

1/8 finalning barcha juftliklari bilan tanishing:

Italiya – O‘zbekiston , 17:30, Maydon 8 (Mahmud Sufi)

Uganda – Burkina-Faso , 17:30, Maydon 5 (Xolid Ballan)

Meksika – Portugaliya , 18:00, Maydon 3 (Badr Bilol)

Braziliya – Frantsiya , 18:30, Maydon 2 (Ibrohim Xalfan)

Shveytsariya – Irlandiya , 19:45, Maydon (Muhammad G‘anim)

Koreya  Demokratk Respublikasi — Yaponiya , 20:15, Maydon 4 (Xolid Salmon)

Avstriya — Angliya , 20:45, Maydon 9 (Odil Mallala)

Marokash — Mali , 20:45, Maydon 7 (Mansur Muftax).

Bo‘lajak uchrashuvda O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz. Zero, terma jamoamiz futbolchilari ham Qatar maydonidan bosh sovrin bilan qaytishni maqsad qilgan.

Rustamjonov qahramon! O‘zbekistonning qiyin g‘alabasi qanday baholandi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!