G‘alabaga hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 17 fevral, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionatining 25-turida “Roma” safar uchrashuvida “Parma” bilan kuch sinashib, raqibni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Bellashuvning 31-daqiqasida Eldor Shomurodov aniq pas bilan Matias Suleni qulay vaziyatga chiqardi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan argentinalik futbolchini raqib o‘yinchisi Jovanni Leoni chalib yiqitdi.

Hakam buni og‘ir jazoladi va himoyachini maydondan haydadi. Matias Sule jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga joylab qo‘ydi.

To‘liq o‘ynagan Shomurodovda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq hisob o‘zgarmay qoldi.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan vocegiallorossa.it sayti “Roma” o‘yinchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Svilar 6:

O‘yinni yaxshi boshqardi. Asosiy darvozabon maqomiga munosib ekanini ko‘rsatdi.

Chelik 6,5:

Turk futbolchisi ham ishonchli o‘yin namoyish qildi. Himoyachi vazifasini bajargani qaramay, hujumga ko‘p qo‘shildi.

Manchini 6,5:

“Roma” himoya chizig‘ini mahorat bilan boshqardi. Umuman qo‘pol xato qilgani yo‘q. Tanaffusda o‘rnini Nelssonga bo‘shatib berdi.

Nelsson 6,5:

Juda yaxshi o‘ynadi, ikki vaziyatda xavfni bartaraf etdi. Individual harakatlari va kontsentratsiyasini e’tirof etish lozim.

Ndika 6:

“Parma” gol urish uchun yagona imkoniyatga ega bo‘lgan vaziyatda raqib futbolchisi Bonnini nazorat qila olmadi. Keyinchalik o‘z o‘yinini topib oldi va boshqa xato qilmadi.

Salemakers 5,5:

Bu uchrashuvni zo‘r o‘tkazdi, deb bo‘lmaydi. Boshida o‘ng qanotda o‘ynadi, keyinchalik markazga yaqin joyga o‘tkazildi.

Baldantsi 6,5:

65-daqiqada Salemakers o‘rniga maydonga tushib, juda faol o‘ynadi va raqib himoyachilarini ancha qiynadi.

Gurna-Dua 6,5:

Bu futbolchiga Klaudio Raneri raqib etakchilaridan Bernabega qarshi individual o‘ynashni topshirgan edi. Vazifa juda yaxshi bajarildi.

Paredes 6,5:

Har doimgidek, yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Lekin ayrim rejalari amalga oshmay qoldi.

Kone 6:

Raqib hujumlarini qaytarishda faollik ko‘rsatdi, lekin “Roma”ning hujumlarini boshlab berishda sust o‘ynadi.

Pellegrini 6:

Tanaffusdan keyin Konening o‘rnini egalladi. Jamoadoshlari bilan kombinatsion o‘yin namoyish qildi, ularga uchun bir necha qulay vaziyatlar yaratib berdi.

Salohiddin6:

Yosh hujumkor futbolchining debyuti muvaffaqiyatoi chiqdi. Gol urish uchun qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.

Anjelino 6:

Zaxiradan maydonga tushib, darrov Eldor Shomurodovni qulay vaziyatga chiqardi. O‘zbek futbolchisi gol urishga juda yaqin keldi.

Sule 7,5:

Jarima zarbasini ideal bajardi. Keyinroq yana golli vaziyatlarda qatnashdi. Tanaffusdan keyin hujum markazidan qanotga o‘tkazildi.

Shomurodov 6,5:

Shomurodov gol urilgan jarima zarbasi belgilangan vaziyatda Sulega ideal pas oshirdi. Raqib darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Suleni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Eldor jarima zarbasi, raqibning maydondan chetlatishi va golga shu tariqa hissa qo‘shdi. O‘yinning ikkinchi yarmida o‘zi ham gol urishi mumkin edi...

Raneri 6,5:

Raneri uchun qiyin uchrashuv bo‘ldi. Lekin bu mutaxassis bor e’tiborini Evropa Ligasiga qaratgani sezilib turdi. Murakkab bahs, muhim g‘alaba.

Husanov o‘ynasa, Mbappega “non” yo‘q!

Gvadiola Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?

Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!