Grizmann qaysi holatda "Atletiko"dan ketishini aytdi
Madridning “Atletiko” klubi forvardi Antuan Grizmann yana bir bor “matraschilar” tarkibidan ketishni rejalashtirmayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Avval ta’kidlaganimdek meni “Atletiko” bilan shartnomam bor. Men va oilam bu erda baxtli. Shunday ekan, klubdan ketishim uchun ular meni sotuvga qo‘yishlari kerak”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antuanning xizmatlariga “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Grizmann joriy mavsum o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar