Gvardiola Husanovni o‘ynatganidan afsusdami?

  • 14.03.2026 05:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi birinchi uchrashuvida “Manchester Siti” futbolchilari Madridda “Real”ga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ekspertlar va muxlislari bu bahsdan keyin Xosep Gvardiolani tarkib tanlashda adashganini iddao qilmoqda.

Tanqid bildirayotganlar ispaniyalik mutaxassis Vinisius Juniornni to‘xtatish uchun himoyaning o‘ng qanotida Abduqodir Husanovni o‘ynatgani xato qaror ekanini ta’kidlamoqda.

Biroq, Pep Gvardiola “Santyago Bernabeu”da aynan shu tarkibni maydonga tushirganiidan afsusda emasligini bildirdi.

Yomon natijaga qaramay, Gvardiola bu vaziyatda o‘zini oqlashga harakat qilmayapti, biroq uning fikricha, jamoa shu kuni yaxshi o‘ynagan.

- Biz Madridda yutdikmi yoki yutqazdikmi? Yutqazdik, demak tarkib tanlovi yomon bo‘lgan.

Biz NyuKasl” maydonida yutdikmi yoki yutqazdikmi? Yutdik, demak tarkib tanlovi yaxshi bo‘lgan.

O‘ylaymanki, Liga kubogi va Angliya kubogida har safar jamoa uchun eng yaxshi qarorlarni qabul qilamiz.

Albatta, biz har uch kunda bir xil tarkib bilan o‘ynay olmaymiz. Buning iloji yo‘q.
Biz qo‘lga kiritgan sovrinlar soni har bir o‘yinda ahamiyatga ega emas.

Madriddagi o‘yin haqida mening o‘z fikrim va qarashlarim bor. Birinchi bo‘limda, ayniqsa dastlabki 20 daqiqada biz juda yaxshi o‘ynadik.

Men aytardimki, biz u yerda hech qachon bunchalik yaxshi o‘ynamaganmiz.
Biz xavfli vaziyatlar yaratdik, ammo shundan keyin hissiyotlar paydo bo‘ldi va biz darhol gol o‘tkazib yubordik.

To‘g‘ri, ayrim xatolar qildik, hissiyotlarga berilib ketdik va o‘yin butunlay boshqacha tus oldi. Biroq ikkinchi bo‘limni ham juda yaxshi boshladik. Lekin kechirasiz-u, bizning darvozamizga penalti belgilandi.

Bizda aniq golli imkoniyatlar bor edi. Biz o‘yin ichida edik.

Bu taqdir menga birinchi marta qattiq munosabatda bo‘layotgani yo‘q. Men ChempionlarLigasi pley-off bosqichlarida ko‘p marta yutqazganman. Mening qarorlarim uchun meni ko‘p marta tanqid qilishgan.

Men tarkib tanlovi haqida odamlarga qarshi fikr bildirishim mumkin edi, lekin buni qilmayman, chunki biz yutqazdik.

Dalillar faqat o‘yindan oldin bo‘lishi mumkin, - dedi Gvardiola SkySports jurnalistlariga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Manchester Siti” javob uchrashuvini 17 mart kuni o‘tkazadi. Bu bahsga Xosep Gvardiola shogirdlari mezbonlik qiladi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa vaziyatni o‘nglay olishiga ishonayapti.

Husanov yangi transferga yo‘l ochdi

Ekspertlar xulosasi Husanovni xursand qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!