
Hakam Messini osmondan erga tushirib qo‘ydi (foto)
UEFA futbol hakamlarining faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmda 2019 yili Chempionldao ligasining yarim finalida “Barselona” va “Liverpul” o‘rtasida Messi bilan bog‘liq vaziyatga doir lavhani e’lon qildi.
O‘sha uchrashuvda bosh hakam Born Kaypers “Barsa” yulduzi Lionel Messini o‘ziga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini tushintirib qo‘ygan.
- Messi, hurmatimni joyiga qo‘y. Har gal hurmatsizlik qilasan. Nega bunaqasan? Hakamlarga hurmat qani?, - degan edi Kaypers Leoga.
- Bu UEFA uchun juda muhim hujjatli film. Unda Evropa hakamlarining professionalligi, ishtiyoqi va sadoqati namoyish etilgan, - deydi UEFA hakamlari kollegiyasi rahbari Roberto Rozetti.
Fikrlar