Husanov, Marmush, Gonsalo va Reys: “Liverpul”ni chempion qilgan ustoz bu transferga e’tibor qaratdi

  • 21 may, 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning to‘rt yil davom etgan chempionlik gegemonligiga barham berib, joriy mavsum Angliya Premer-ligasi g‘olibiga aylangan “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot transferlar ahamiyati haqida gapirdi.

Ta’kidlash joizki, Arne Slot “qizillar”ni jamoada uzoq vaqt muvaffaqiyatli ishlagan germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppdan qabul qilib oldi. Niderlandiyalik 46 yoshli murabbiy ilgari “top-5” chempionatlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan. Slot faqat o‘z yurtida “Zvolle”, “Kambyur”, “AZ Alkmaar”da malaka oshirgan va “Feyenoord”ni mustaqil tarzda zo‘r boshqarganidan keyin o‘tgan yili yozda “Liverpul”ga taklif etilgan.

Arne Slot Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumidayoq chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning qo‘l ostida liverpulliklar ko‘rsatayotgan o‘yin muxlisu mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Chempion murabbiy yozgi transferlar davrida jamoasi tarkibi kuchaytirilishiga umid bildirdi va yangi ijrochilarning ahamiyatini “Manchester Siti” misolida ochib berdi.

- Biz yozda joriy mavsumda jamoamizga etishmagan bir-ikkita qo‘shimcha “qurol” topa olamiz, deb umid qilaman. Balki buni transferlar yordamida amalga oshirarmiz. Biz yanada kuchliroq bo‘lishga intilyapmiz.

Transferlar muhimligi “Manchester Siti” qishki transflar davrida yangi ijrochilarga 200 million funt sterling atrofida mablag‘ sarflaganida ko‘rdik. Hamma ham shunday qilsa kerak. Biroq biz ayrim jihatlarni transferlarsiz ham kuchaytirishimiz mumkin, - dedi Arne Slot.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” chempionatning birinchi qismida yuz bergan inqirozdan keyin yanvar oyida “Lans”dan Abduqodir Husanovni, “Ayntraxt”dan Umar Marmushni, Portudan Niko Gonsalesni va “Palmeyras”dan Vitor Reysni olib keldi.

Arne Slot yuqoridagi fikrlari bilan hamkasbi Xosep Gvardiola yangi ijrochilar yordamida jamoa o‘yini va natijalarida ijobiy o‘zgarish qila olganini nazarda tutdi.

Xususan, 21 yoshli legionerimiz “shaharliklar”ning etakchi markaziy himoyachilari – Natan Ake, Manuel Akanji va Jon Stounz jarohat tufayli safdan chiqqanida yorqin o‘yinlari bilan jamoaning himoyadagi muammolarini yopdi.

Buning natijada Abduqodir Husanov fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, yil boshidan beri bir necha muhim uchrashuvlarda ishtirok etib kelayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Niko Gonsales va misrlik to‘purar Umar Marmush ham jamoaning muhim bo‘lagi bo‘la olishini namoyish etdi.

Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi
Manchesterliklar: Husanovni sog‘indik...
Ronaldu Shomurodov jamoasidagilar bilan hech qachon futbolka almashtirmaydi!

Fayzullaev uzr so‘rab chiqdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!