Husanov 16 may kuni yana bir nufuzli sovrinni yutishi mumkin

  • 27.04.2026 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2025-2026 yilgi mavsumdagi Angliya kubogi finalida “Manchester Siti” va “Chelsi” o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Bu o‘yin 16 may kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning avvalgi bosqichlarida “shaharliklar” ajoyib natija qayd etib, “Ekseter Siti”ni 10:1, “Solford Siti”ni 2:0, “Nyukasl Yunayted”ni 3:1, “Liverpul”ni 4:0 va “Sautgempton”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Chelsi” futbolchilari esa, finalgacha bo‘lgan yo‘lda nisbatan qulay raqiblar – “Charlton Atletik”dan 5:1, “Xall Siti”dan 4:0, “Reksem”dan 4:2, “Port Veyl”dan 7:0 va “Lids Yunayted”dan 1:0 hisobida ustun keldi.

Angliya kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa “Arsenal” hisoblanadi. “Kanonirlar” yu turnirda jami 14 marotaba g‘olib chiqqan edi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” 13 ta sovrin bilan qayd etilgan. Qatorasiga uchta jamoa “Liverpul”, “Tottenxem Xotspur” va “Chelsi” sakkiz marotabadan kubokni qo‘lga kiritgan. Agar “Chelsi” navbatdagi finalda g‘olib chiqsa, bu reytingda uchinchi o‘rinni o‘zinikı qiladi.

16 may kuni g‘oliblik “Manchester Siti”ga nasib qilsa, “shaharliklar” Angliya kubogidagi yutuqlari sonini 8 taga yetkazib, bir pog‘ona yuqorida turgan jamoalar safiga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bu mavsum “Manchester Siti” tarkibida Angliya ligasi kubogida g‘olib chiqdi va faoliyatidagi ilk nufuzli sovriniga ega bo‘ldi.

Endi legionerimizda 16 may kuni Angliya kubogini qo‘lga kiritish imkonı bor. Bundan tashqari, “Manchester Siti” Angliya Premier-ligasida ham chempionlikni nishonlab, ichki trebl qayd etishi mumkin.

U meni yutadi! Mashhur hujumchi Husanovning zo‘rligini tan oldi

Arteta Husanov bo‘yicha keskin fikr bildirdi

Ikkita supergol urgan Shomurodov “Oltin butsa”ni qo‘lga kirita oladimi?

Shomurodov transferiga Italiya va Turkiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Xoland Husanovdan hayratga tushdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!