
Husanov ekspertlar e’tiborini “Lans”ga qaratdi
Evropa futboli ekspertlari FIFA kunlari munosabati bilan e’lon qilingan tanaffusdan foydalanib, klublarning yozgi transferlar mavsumidagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilmoqda va bu orqali muxlisoar e’tiboriga qiziqarli ma’lumotlar taqdi etilyapti.
Frantsiyaning yuqori divizioni – Liga 1 klublari transfer siyosatini o‘rganib chiqqan mutaxassislar jamoalarning natijalariga baho berdi.
Bu mavsum 18 ta jamoa Liga 1 musobaqasida ishtirok etish uchun jami 483 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shulardan 57,1 foizi, ya’ni 276 nafarini xorijlik charm to‘p ustalari tashkil qiladi.
Frantsuzlar bilan yonma-yon dunyoning 74 mamlakatidan kelgan futbolchilar Frantsiya chempionligi uchun kurash olib boradi. Legionerning aksariyati Afrikadan. Liga 1da eng ko‘p futbolchiga ega mamlakatlar uchligini Senegal (22 ta futbolchi), Marokash (17 ta futbolchi) va Kot-d'Ivuar (17 ta futbolchi) tashkil qilmoqda. Keyingi o‘rindagi Braziliya bu ligaga 15 ta legioner jo‘natgan.
Frantsiyada Osiyo vakillaridan Yaponiyadan uchta, Iordaniya, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Burundidan bittadan futbolchini ko‘rishimiz mumkin.
Frantsiya futbolini yoritayotgan manbalardan biri – https://www.lensois.com sayti jamoalarning yozgi transferlarini baholadi.
Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi chempioni – PSJ eng faol bo‘ldi. Mavsum oldidan Lionel Messi, Sarxio Ramos, Neymar kabi jahon miqyosidagi yulduzlaridan ayrilgan parijliklar ketganlar o‘rnini 12 nafar futbolchi bilan to‘ldirdi.
“Reyms” klubi ham transfer bozorida ancha samarali harakat qildi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkoni ega bo‘lish uchun ular 11 ta transferga qo‘l urdi.
Transferlar bo‘yicha “Lans” uchinchi o‘rinda tilga olinmoqda. Bir necha jamoa xuddi lansliklar singari o‘ntadan yangi o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olgan. Lekin transfer ekspertlarining e’tiborini mamlakat vitse-chempionlari O‘zbekistondan o‘yinchi olgani tortdi. Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan “Lans”ga ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatlari tarixidagi birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, legionerimiz Belarusdan Liga1 sovrindoriga ko‘chib o‘tgan birinchi o‘yinchi sifatida ham tarixda qoldi.
Qolaversa, “Lans” boshqa 17 ta klubdan farqli ravishda olis Kolumbiyadan o‘yinchi olib kelgan yagona jamoaga aylandi. Oskar Kortes ilk bor Evropada to‘p tepish imkoniga ega bo‘ldi.
Yozgi transferlar mavsumida “Lans”dan tashqari, “Lion”, “Nant”, “Gavr”, “Marsel”, “MEts” va “Loryan” ham o‘ntadan yangi futbolchi bilan shartnoma qildi.
“Nitstsa” va “Monpele” rahbariyati esa, bu gal biroz tejamkorlik qildi. Bu klublar beshtadan yangi futbolchini jalb qildi.
Umumiy hisobda Liga 1 klublari yozda 853 million evroga o‘z o‘yinchilarini sotib, g‘aznaga kirim qildi. 18 ta jamoa tarkibini kuchaytirish uchun jami bo‘lib 806 million evrolik xaridlarni amalga oshirdi.
Meksika to‘qnashuv oldidan O‘zbekistonning ikki qurolidan xavotirda: Biri Shomurodov, ikkinchisi...
Frantsiyada o‘zbek futbolchilarini kuzatishyapti
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!
Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar