
Husanov g‘alabani ta’minladi, unga to‘qnash kelganlar devorga urilgandek bo‘ldi!
Abduqodir Husanov “Lans”ning asosiy jamoasidan yoshlar tarkibiga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Klub rahbariyati tomonidan legionerimizga alohida vazifa yuklatilgan.
“Lans V” jamoasi Frantsiya chempionatining 3-milliy divizioni “G” guruhida g‘olib chiqib, bir pog‘ona yuqoridagi ligaga o‘tishga da’vogarlik qilmoqda.
Hozircha, lansliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kelasi hafta oxirida jamoa o‘zidan uch ochko ilgarilab ketgan “Shantiyi” bilan kuch sinashishi lozim.
Abduqodir Husanov mavsum oxiridagi beshta uchrashuvda himoya mustahkamligini ushlab turishi va jamoa o‘z darvozasni daxlsiz saqlab qolishiga yordam berish vazifasi yuklatilgan.
20 yoshli futbolchimiz bir necha kun yoshlar jamoasida shug‘ullanganidan keyin rasmiy uchrashuvda ham aydonga tushdi.
Lansliklar o‘z maydonida “Sent-Aman” jamoasini qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.
Uchrashuvni kuzatib borgan lensois.com sayti eksperti Eloiza De Mester legionerimiz o‘yiniga quyidagicha baho berdi.
“Lans” futbolchilari “Sent-Aman” o‘yinchilarini Yannik Pandor qo‘riqlayotgan darvozaga ko‘p ham yaqinlashtirmadi. Abduqodir Husanov himoyaning o‘ng qanotidan joy oldi va uchrashuvni juda xotirjam o‘tkazdi.
O‘zbek legioneri o‘ynagan tomondan hujumga o‘tishga intilgan raqib futbolchilari devorga urilgandek bo‘ldi. Abduqodir himoyani juda mustahkam ushladi, bir necha bor oldinga o‘tib, hujumga ham qo‘shildi.
Yosh o‘zbek futbolchisi hisobiga yana 90 daqiqalik o‘yinni qo‘shib qo‘ysak bo‘ladi, - deb yozdi lensois.com sayti eksperti Eloiza De Mester.
“Lans V”ni 20 aprel kuni o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Lansliklar shu kuni musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Shantiyi” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu bahsda “Lans V” oradagi uch ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi. Jamoa murabbiylar aynan mana shu uchrashuvda Husanovga suyanadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha hamyurtimiz Football Benchmark indeksi bo‘yicha Evropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar ro‘yxatiga kiritgani e’lon qilingan edi.
Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!
Erondagi legionerlarimizdan xushxabar!
Husanovni asosiy tarkibdan chiqarilgani sababi ma’lum bo‘ldi. Gap terma jamoada emas!
TsSKA “Lokomotiv”ni yutadi, chunki ularda Fayzullaev bor!
Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...
Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi
Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi
Fikrlar