Husanov qarshisida Frantsiya hujumchilari titraydigan bo‘lib qoldi...

  • 8 oktabr, 2024, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining ettinchi turida “Lans” jamoasi safarda “Strasbur” jamoasi mehmoni bo‘lib, bir ochko bilan qaytib keldi.

Tecno

Lansliklar hisobda ikki marotaba oldinga chiqib olganiga qaramay, mezbonlar uchrashuvda durang qayd etishga erishdi.

Shu paytgacha oltita uchrashuvda ikkita gol o‘tgangan “Lans” bu gal bitta o‘yinda o‘z darvozasi to‘ridan bir juft to‘p olib chiqdi. Shunga qaramay, “Lans” himoyasi markazini ushlab turgan Abduqodir  Husanovning o‘zi bexato o‘ynadi. Buni o‘yin tahlili bilan shug‘ullanayotgan ekspertlar fikridan bilib olish mumkin.

Xususan, lensois.com portali “Lans” futbolchilaridan eng yaxshi o‘ynagan va bo‘sh harakat qilganlarni ajratib chiqdi.

Yaxshi o‘ynagan futbolchilar:

Endi Diuf

Bu futbolchi uchrashuvda hammasiga ulgurdi. Uning ijrochisida to‘pni egallab olish, raqib pasini kesib qo‘yish, darvozaga zarbalarni ko‘rdik. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan Diufning bu harakatlari gol bilan yakunlandi. O‘yinning ikkinchi yarmida toliqib qolgan futbolchini zaxiraga olishdi.

Abduqodir Husanov

Ta’rifga til ojiz. Dispetcherlik cho‘qqisi, raqib yo‘lidagi tosh va shunchaki “monstr”. O‘zbek futbolchisi yana bir ajoyib o‘yin o‘tkazdi.

Uning yorqin harakatlari yonidagi sheriklari Fakundo Medina va Malang Sarrning nursiz o‘yinini yopib yubordi. Abduqodir “Strasbur”ga qarshi juda zo‘r o‘ynadi. Hatto raqib hujumchilari ustunlik qilgan pallada ham ortga qaytib, o‘z ishini oxirigacha bajarib qo‘ydi.

Raqibning eng oxirgi va xavfli hujumida o‘ziga xos podkat bilan to‘pni olib qo‘ydi va jamoasini goldan qutqardi. Qolaversa, Husanov ikki marotaba oldinga o‘tib, xavfli hujumda ishtirok etdi.

Mbala Nzola

Haqiqiy qoya. Bir necha marotaba yakkama yakka bahslarda g‘olib chiqdi. Tayanch nuqtada ishonchli harakat qila oldi. Angolalik hujumchi bu bahsda o‘zining chempionatdagi ikkinchi to‘pini kiritdi. Shunga qaramay, bir bor qulay vaziyatni boy berib, gol urishni eplay olmadi.

Bris Samba

Tajribali darvozabon uchta holatda darvozasini yaqqol goldan saqlab qoldi. Uning ishonchli o‘yini “Lans”ga  mehmondan ochko olib qaytish imkonini berdi.

Bo‘sh o‘ynaganlar:

Joanner Chaves

“Lans” darvozasiga kiritilgan birinchi gol Chavesning zimmasidagi xatodan keyin sodir bo‘ldi. Kerak bo‘lmagan joyda ogohlantirish oldi. Chavesning jarima maydonchasidagi qo‘polligi darvozaga penalti belgilanishi bilan tugadi. Aynan uning xatolari darvozaning ikki bor ishg‘ol qilinishiga olib keldi.

Pshemislav Frankovski

Polshalik futbolchi bu gal ham etarli darajada yaxshi o‘ugay olmadi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamadi. Ikkinchi bo‘limda ikki marta hujum uyushtirishga urinib ko‘rdi. 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Malang Sarr

Havodagi to‘p uchun kurashlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Texnik xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda uch marta noaniq o‘ynashi oqibatida raqib hujum uyushtirdi.

Ta’kidlash joizki, “Lans” Frantsiya chempionatida dastlabki ikki turdagi g‘alabadan keyin ketma-ket beshta durang qayd etdi. Ana shu bahslarda jamoaning bittadan ochkoga ega bo‘lishida Husanovning xizmatlari katta bo‘lmoqda.

Husanovni Evropada tan olishdi!

Fayzullaev super goli bilan “qora an’anaga” chek qo‘ydi va tarixni o‘zgartirib yubordi...

Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!