Husanov yana gol uradi! “Manchester Siti” Angliya kubogida sensatsiya ko‘targan o‘ta xavfli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi

  • 14 fevral, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” futbolchilari joriy mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun nufuzli sovrin – Angliya kubogini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

Xosep Gvardiola shogirdlari hozircha bu musobaqada faqat quyi ligalar jamoalariga to‘qnash kelmoqda. Xususan, musobaqaga uchinchi bosqichdan qo‘shilgan “shaharliklar” 1/32 finalda “Selford Siti” jamoasi darvozasiga javobsiz sakkizta to‘p kiritgan.

Keyingi bosqichda Xosep Gvardiola shogirdlari “Leyton Orient” jamoasi mehmoni bo‘lib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan Angliyaning amaldagi chempionlari ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Abduqodir Husanov goli evaziga o‘yinda burilish yasadi.

Kevin de Bryuynening aniq zarbasi mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.

“Manchester Siti” Angliya kubogining beshinchi bosqichida “Plimut” jamoasiga qarshi saf tortadigan bo‘ldi. Bo‘lajak uchrashuvda Abduqodir Husanovning muxlislari legionerimizning yana maydonga tushishi va gol urishini kutayotganini e’tirof etish lozim.  

Ta’kidlash joizki, “Plimut” quyi liga vakili bo‘lsa-da, o‘ta xavfli raqib hisoblanadi. Chunki bu jamoa avvalgi ikki bosqichda Premer-liga klublarini musobaqadan chiqarib yubordi va katta shov-shuvlarga sababchi bo‘ldi.

Dastlab “Plimut” futbolchilari “Brentford” mehmoni bo‘lib, Uittakerning yagona goli evaziga, uyga g‘alaba bilan qaytdi. Keyingi bahsda ular Premer-liga peshqadami “Liverpul”ga ro‘baro‘ keladi.

Bu bahsda ko‘pchilik Arne Slot jamoasining muvaffaqiyatiga ishongan edi. Lekin Xardining penaltidan kiritgan birgina goli “qizillar”ning ortga quruq qaytishiga etarli bo‘ldi.

“Manchester Siti” avvalgi ikki musobaqada finalga chiqqanini ta’kidlash lozim. 2022-2023 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola shogirdlari trebl qayd etib, Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini yoniga Angliya kubogini ham qo‘shib qo‘ygandi.

O‘tgan yilgi turnirda “shaharliklar” Manchesterning ikkinchi vakili “Yunayted”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va kubokdan quruq qoldi.

Umuman olganda, “Manchester Siti” o‘ztarixida etti marotaba mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Shu sovrinlardan ikkitasi aynan Xosep Gvardiola bosh murabbiylik davrida olingan.

Keyingi bosqichdagi juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Manchester Yunayted” – “Fulxem”

“Nyukasl” – “Brayton”

“Manchester Siti” – “Plimut”

“Aston Villa” – “Kardiff”

“Bornmut” – “Vulverxempton”

“Nottingem Forest” – “Ipsvich”

“Kristal Pelas” – “Milluol”

“Preston” – “Bernli”.

Uchrashuvlar 1-2 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Husanovga vaqt beriladi!

O‘zbek legionerining jamoada nomi bor, o‘zi yo‘q!

Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Imomali0425
14/02/2025 21:08
Abbos yevropada oʻynay olmaydi yaramaydi.