Husanovdan Vinisius ustidan “kulib tashlash”ni talab qilishyapti!

  • 19 fevral, 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida Madridda “Real” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Manchesterlik futbol ishqibozlari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali Xose Gvardioladan Abduqodir Husanovni bo‘lajak bahsda boshlang‘ich tarkibga maydonga tushirishni so‘rayapti. Ular o‘zbek futbolchisi raqibning eng xavfli hujumchisi Vinisius Juniorni to‘xtatishga qodir, deb hisoblamoqda.

Sports.uz portali angliyalik muxlislarning Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.

Brighton Brighton:

Husanov avvalgi o‘yinda “Nyukasl” hujumchilarining mazasini qochirdi. Ular Abduqodirga to‘qnash kelishdan qo‘rqib, Jon Stouns tomonga o‘tdi. Lekin o‘zbek futbolchisi jamoadoshiga yordamga borib, raqibning hayotini qiyinlashtirib qo‘ydi.

Kevin Omondi:

Men Husanov endi Vinisiusning ustidan “kulib tashlashini” istayman. Pep uni ilk daqiqadan o‘ynatsin!

Busi Dlahmini:

Husanov energiya manbai ekan, “Real Madrid” bilan uchrashuvda u bizga kerak.

Always Smile 07:

Men Husanov Vinisiusni qo‘rqitib qo‘yishi tarafdoriman. Buning uchun Abduqodirda mahorat etarli. Gvardiola bo‘lajak o‘yinda uni albatta maydonga tushirishi shart.

Dennis Ombati:

Biz o‘zimizga kerakli himoyachini endi topdik.

Victor Koasisochukwu:

Husanovga gap yo‘q, superyulduzga aylanadi hali...

Mbarak Mae:

Husanov o‘tgan o‘yinda “Nyukasl” o‘yinchilarining ta’zirini berdi.

Amo:

Men “Arsenal” muxlisiman, lekin Husanov iqtidor egasi ekanini aytishim shart.

Favour Godwin:

Husanov “Bernabeu”ni portlatadi shekilli.

Mïstår Sülphürïç Åçíd:

“Manchester Siti” fanatlariga Husanov yoqqanini aytishim kerak.

Kibet Mathew:

Raqiblar Abduqodirga qarshi o‘ynagisi kelmay qolyapti

Hobab Mulenga:

“Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda Husanov bexato va yorqin o‘yin ko‘rsatgani bois, raqib darvozamizga yo‘l topa olmadi. Shu ishni Madridda ham davom ettiraylik.

Andy Bi:

Husanovni buqaday kuchi bor ekan, bu juda yaxshi xususiyat. Raqiblar har gal unga urilganida uchib ketyapti. Buning yomon tomoni – hakam jarima belgilaydi va hatto sariq kartochka ko‘rsatishi mumkin.

Toochi Oparaji:

Lyuis o‘rniga Husanovni boshlang‘ich tarkibda o‘ynataverish kerak. Gvardiola Abduqodirni “Real”ga qarshi o‘ynat.

Methodology ZeGreat:

Vinisiusga hozirdan rahmim kela boshladi. Abduqodir hech kimni ayamaydigan o‘yinchi.

Athoryan Kingspart:

“Nyukasl” yulduzlari Husanov oldida yosh boladay bo‘lib qoldi. Iltimos, “Real”ga qarshi shu yigit o‘ynasin.

Lån Dön:

Husanovning navbatdagi nishoni – Vinisius Junior.

Taku Nahk:

Husanov ayovsiz o‘ynar ekan. Abduqodir biz uchun Vinisiusning ta’zirini berib qo‘y.

Brian Serem:

Gvardiola yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan eng katta xato bu “Real”ga qarshi Abduqodir Husanovni maydonga tushirmaslik bo‘ladi.

Eric Zybion:

Husanov ilk daqiqalardan o‘ynasa, Vinisiusga mavsum oxirigacha jarohat kafolatlangan.

Hurmatli muxlislar siz nima deb o‘ylaysiz, Abduqodir Husanov “Real” hujumchilariga qarshi o‘ynay oladimi? Fikringizni izohda qoldiring...

 

Vinisius endi Husanovdan qocholmaydi!

Husanov o‘ynasa, Mbappega “non” yo‘q!

Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
19/02/2025 09:20
Ассалому алекум!!! Қойил Абдуқодир Европани қалтиратиб титратиб хаммани ўзингга сехрллаб олдингга баракалла оёқ қўлингдаги куч қувват хамрохинг бўлсин биз фахрланамиз Реалга қарши ўйинда ўз махоратингни ишга солиб гол уришга йўл қўйма Винисус жуда аёр ўйинчи аёрлигини ўзига душман қил биз сенгга ишонамиз жарохат олма,чарчама, 90 дақиқа сенгга омад келтирсин бутун Ўзбекистон халқи Париждаги мухлисларинг,Ситидаги мухлисларинг сен билан Олға Ўзбекистон Хусанов Худохохласа гол хам уради Винисуснинг,Мбаппе,Беленгемларнинг таъзирини беради ЎМИИН.
&
Мурат
19/02/2025 20:58
Бошланиши сал кийин булиши мумкин лекин эплап кетади омад тилаб каламиз
&
Болельщик
19/02/2025 08:47
Эй койил, Абдукодир хакикий танк