Husanovmi? Gvardiola “Siti” futbolchisini “Real”ga bermayapti

  • 1 oktabr, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 2025 yilgi ikkita transfer oynasida tarkibini tubdan yangiladi va jamoa o‘zagini yosh, baquvvat, tezkor futbolchilar bilan to‘ldirdi.

Tecno

“Shaharliklar” tarkibidagi aksariyat o‘yinchilar boshqa klublar nishonida turishi ham hech kimga sir emas. Xususan, “Real” anchadan beri “Siti” tarkibidagi “Oltin to‘p” sohibi Rodrigo Ernandesga jiddiy qiziqish bildirib keladi.

Madridliklar yozdi Rodrini transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. El Nacional nashrining yozishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispaniyalik tayanch yarim himoyachisining “Real”ga o‘tishiga shaxsan qarshilik qilgan.

Pep Rodrining jamoa uchun o‘ta muhim o‘yinchi ekanini ta’kidlab, takliflarga nisbatan “ Rodri sotilmaydi”, degan qat’iy javobni berdi.

Rodrining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Klub sport direktori Ugo Viana boshchiligidagi mutaxassislar  29 yoshli futbolchi bilan amaldagi bitimni uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

O‘z navbatida, “Real” ham bugungi kunda Transfermarkt portali tomonidan 110 million evro baholanayotgan yulduzni olish fikridan qaytgani yo‘q.

Ta’kidlash joizki, hozir “Manchester Siti”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov ham “Real” nishoniga tushgan edi.

O‘tgan mavsumda “Lans” tarkibida porlay boshlagan o‘zbek futbolchisiga o‘ndan ziyod nufuzli klublar jiddiy qiziqish bildirgandi. Ular orasida “Qirollik klubi” ham bor edi. Madridliklar markaziy himoyaga Abduqodirni olishni rejalashtirgan.

Nufuzli manbalarga ko‘ra, “Real” Husanov ularning kuzatuvida ekanini ma’lum qilgan va transferni yozda amalga oshirishni mo‘ljallagan. Biroq qishki transferlar davrida “Manchester Siti” Husanov transferi uchun 40 million evro tikib, barcha da’vogarlardani dog‘da qoldirdi va o‘zbek legionerini Angliyaga olib ketdi.

Shundan so‘ng, “Real” yozgi transferlar jarayonida himoya markaziga Angliya Premer-ligasida iqtidorini namoyish eta boshlagan Din Xyoysenni olib keldi. Madridliklar bu futbolchi uchun “Bornmut”ga 62,5 million evro to‘ladi.

Qizig‘i shundaki, bu transferdan bir yil muqaddam Turinning “Yuventus” klubi ispaniyalik yosh himoyachining iste’dodini juda past baholab uni klubdan ketishga majbur qilgan. 2024 yili yozda italiyaliklar Din Xyoysenni “Bornmut”ga 19,6 million evroga sotib yuborgan edi.

Abduqodir Husanov esa, “Manchester Siti”ga o‘tganidan beri barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda “shaharliklar” jamoasida 15 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

Xosep Gvardiola yaqinda Husanovning jamoada o‘z o‘rni borligi, himoyaning bir necha nuqtalarida ishonchli o‘ynay olishi, tezkorligi, maydonni yaxshi ko‘ra olishi va himoyachilarga xos qator fazilatlarini e’tirof etib, hamyurtimizni maqtadi.

Bundan tashqari, “Real” nishonida “Manchester Siti”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purariga aylangan Erling Xoland ham turibdi. Madridliklar norvegiyalik futbolchini olib, hujum chizig‘ida Kilian Mbappe bilan tandem hosil qilishni rejalashtirgan.  

“Monako”ga qarshi o‘yin oldidan Husanovning ahvoli qanday?

Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purari bo‘la oladimi?

Shomurodovning barcha gollarini sanaymiz...

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!
Husanovdan o‘tolmading-ku! “Arsenal” mashhur hujumchidan voz kechadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!