 
                Husanovning jarohatdan keyingi birinchi o‘yini qanday baholandi?
“Manchester Siti” Angliya ligasi kubogining nimchorak final uchrashuvini Uelsda “Suonsi Siti”ga qarshi o‘tkazib, musobaqaning keyigi bosqichiga chiqdi.
Ushbu bahsning 12-daqiqasida mezbonlar turnirning sakkiz karra g‘olibi darvozasini ishg‘ol qilib, manchesterliklarni shokka tushirdi. Josh Key Rayan Ayt-Nurini aldab o‘tib, Gonsalu Frankoga pas berdi. Portugaliyalik hujum zarba berishda adashmadi.
Biroq uchrashuv oxirigacha tajriba o‘z so‘zini aytdi. Xosep Gvardiola shogirdlaridan Jeremi Doku, Umar Marmush va Rayan Sherki bittadan to‘p kiritib, “shaharliklar”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
E’tiborli jihati, Xosep Gvardiola ushbu uchrashuvda bir oydan ko‘proq davolanib, safga qaytgan Abduqodir Husanovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. Abduqodir bu bahsda 63 daqiqa to‘p tepdi.
Uelsdagi ishonchli g‘alabadan so‘ng, cityxtra.co.uk portali ekspertlari Pep Gvardiola shogirdlarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Jeyms Trafford – 7.5:
A’lo o‘yin. “Suonsi”ning birinchi golida aybi yo‘q, ammo hisob 1:0 bo‘lganida muhim seyv amalga oshirdi.
Riko Lyuis – 7:
Har doimgidek tor joylarda yaxshi harakat qildi va jamoaga yordam berdi. Gvardiola uning ahamiyati haqida o‘tgan hafta “Vilyarreal” bilan o‘yindan keyin aytgandi — bu gal ham shunday bo‘ldi.
Abdukodir Xusanov – 6.5:
Abduqodir Husanovning jarohatdan keyin maydonga qaytgani hammani xursand qildi. Uchrashuv davomida ishonchli o‘ynadi, biroq ba’zi vaziyatlarda ishonch etishmagandek harakat qildi. Lekin bu jarohatdan qaytgan o‘yinchi uchun tabiiy hol. Abduqodir uchun bu sport formasini tiklash yo‘lidagi juda foydali o‘yin bo‘ldi.
Natan Ake – 7:
Xatolarsiz, ishonchli o‘yin. Gollandiyalik himoyachi uchun standart va professional chiqish.
Rayan Ayt-Nuri – 7:
U ham jarohatdan keyin qaytdi. 63 daqiqa yaxshi o‘ynadi. Hujumda faol bo‘lmadi, ammo himoyada ishonchli harakat qildi.
Niko Gonsales – 6.5:
Yakuniy zonada qaror qabul qilishda ba’zi xatolar bo‘ldi, ammo umumiy o‘yini yaxshi. U o‘zini ko‘proq markaziy yarim himoyachi sifatida qulay his qiladi.
Divayn Mukasa – 5.5:
Iqtidorli yosh futbolchi, ammo bu o‘yinda deyarli ko‘rinmadi. Baribir kelajak uchun katta salohiyatga ega.
Rayan Sherki – 9 (Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi):
O‘yinning eng yorqin ishtirokchisi. Frantsiyalik futbolchining o‘yini hayratlanarli — gol va assist. Avgust oyida olgan jarohatidan keyin ilk marta asosiy tarkibda o‘ynadi va ikki oylik tanaffusdan so‘ng jamoa uchun muhim o‘yinchi ekanini ko‘rsatdi.
Oskar Bobb – 6.5:
O‘yinga katta ta’sir ko‘rsata olmadi, ba’zan to‘pni yo‘qotdi. Hozir forma jihatidan pasayish davrida.
Umar Marmush – 8:
Juda faol va ta’sirli o‘yin ko‘rsatdi. Bir gol urdi va yana boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Erling Xolandning yo‘qligida yaxshi o‘ynadi.
Jeremi Doku – 8:
Birinchi gol muallifi. Ishonch bilan o‘ynadi, qanotda faol harakat qildi va mavsumni zavq bilan o‘tkazayotgani sezildi.
Yoshko Gvardiol – 7:
Ishonchli o‘yin. Rayan Ayt-Nurining o‘rniga tushdi va chap qanotda yaxshi harakat qildi. Hatto assist ham qayd etdi.
Fil Foden – 7.5:
Formaga kirib bormoqda. Oldingi “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda eng ko‘p imkoniyat yaratgandi va bu safar ham faol bo‘ldi.
Jon Stounz – 6.5:
Husanovning o‘rniga maydonga tushdi. Formaga qaytganidan xursand bo‘lish mumkin. Himoyani mustahkamlab, “Suonsi”ning so‘nggi urinishlarini yo‘qqa chiqardi.
“Manchester Siti” futbolchilari Angliya ligasi kubogining chorak final bochqichida “Brentford” bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv 17 dekabr kuni “Etixad” arenada o‘tkaziladi.
Husanov xotirjam bo‘l, o‘rningga keladigan o‘yinchining yo‘li yopildi
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...
Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya bo‘ldi?
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi



Fikrlar