
Jahon chempionatida qatnashgan futbolchi avariyada jon berdi
Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi safida 2010 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan Anele Ngkongka avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mudhish voqea Kvazulu-Natal viloyatida yuz bergan. Kuchli to‘qnashuv natijasida futbolchi mashinadan chiqib ketgan va olgan jarohatlari tufayli voqea joyida jon bergan. Unga hamrohlik qilgan qiz og‘ir ahvolda reanimatsiyaga olib ketildi.
Ngkongka o‘z davrida Belgiyaning “Genk”, Frantsiyaning “Trua” va o‘z mamlakatining “Vestern Provins” va “Sandauns” kabi klublarida to‘p tepgan. 33 yoshli futbolchi yaqinda “AmaZulu” jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar