Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• 7-18 avgust kunlari Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionatida AGMK ham qatnashadi. Shu bois olmaliqliklar tarkibni kuchaytirishni maqsad qilishgan. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, AGMK jamoasi vakillari ayni paytda 2 nafar braziliyalik futzalchi bilan muzokaralar olib borishmoqda.
• "Real Madrid" klubi Angliya premer ligasida to‘p tepuvchi Pol Pogba borasida yuqori tempda muzokaralar olib bormoqda. MYuga futbolchi uchun ispaniyaliklar 80 mln evro va Garet Beylni berishmoqchi. Beylning transfer narxi 90 mln evroga baholanib, Pogba 170 mln evroga teng miqdorda transfer qilinish ehtimoli yuqori.
• Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Kopa Amerika yarim final bahsidan so‘ng Messi va Neymar uchrashishdi. Uchrashuv tribuna ostida kechgan va bir necha daqiqa davom etgan. Xorij nashrlari buni braziliyalik futbolchining "Barselona"ga qaytishga yaqin ekanligidan dalolat deya baholamoqda.
• O‘zbekiston Liga Kubogining 2-turida «Andijon» «Nasaf»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan holda guruhda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Ajdarlar” 3 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ushbu musobaqadagi ilk mag‘lubiyatga izoh berib o‘tdi.
• “Benfika” hujumchisi Joau Felish 127 mln evro evaziga “Atletiko”ga ko‘chib o‘tdi. 19 yoshli Felish shu tariqa tarixdagi eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylandi. Aytish lozimki, bu boradagi avvalgi rekord Krishtianu Ronalduga tegishli edi. U 2018 yil "Real"dan 117 mln evro evaziga "Yuventus" safini to‘ldirgandi.
• Bleacher Report portali Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining Amerika kubogidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizligini aks ettiruvchi Super Mario videoo‘yini ko‘rinishida maxsus videorolik tayyorladi.
• Braziliya terma jamoasi vingeri Villian Amerika kubogi finalida ishtirok etolmasligi mumkin. 30 yoshli futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Eslatib o‘tamiz, Braziliya – Peru o‘yini 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
• O‘zbek futbol muxlislari uchun taniqli bo‘lgan turkmanistonlik tajribali mutaxassis Tachmurad Agamuradov «Surxon» jamoasida ish boshladi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Agamuradov Baxtiyor Ashurmatovga maslaxatchi murabbiy sifatida yordam beradi.



Fikrlar