Legionerimizni o‘ynatmagan jamoa premer-ligadan chetlatiladi!

  • 19 iyul, 2021, 06:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning boshida “Nasaf” tarbiyalanuvchisi Bobur Abduxoliqovni transfer qilib, unga asosiy tarkibdan joy berishni istamagan Lvovning “Rux” jamoasi Ukraina chempionati premer-ligasini tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Abduxoliqov lvovliklar tarkibiga qo‘shilganidan keyin yoshlar jamoasida bir necha uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol urgan holda o‘z mahoratini ko‘rsata oldi. Biroq, murabbiylar shtabi o‘zbekistonlik legionerni asosiy tarkibga jalb qilishni paysalga solaverdi. Bobur Abduxoliqov o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Rux” bilan shartnomasini bekor qilib, yurtimizga qaytdi.

Kuni kecha o‘zbekistonlik hujumchi Belarus vakili “Energetik-BGU” bilan shartnoma imzolangani e’lon qilindi va navbatdagi turda Abduxoliqov hamyurti Shahzod Ubaydullaev bilan minsklik talabalar safida debyutini ham nishonladi.

Screenshot_8

Endi futbolchimizning qadriga etmagan “Rux” jamoasi muammosiga qaytsak. Ayni paytda Lvov shahri sharafini himoya qilayotgan klub va Ukraina futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida mojaro davom etmoqda.

Bunga lvovliklarning premer-liga jamoalarini qabul qilish bo‘yicha barcha talablarga javob beradigan stadioni yo‘qligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Klub uy uchrashuvlarini Ternopol shahrida o‘tkazishini ta’kidlamoqda. Biroq, Ukraina futbol assotsiatsiyasi buni taqiqlab qo‘ydi. Reglamentga ko‘ra, Ukraina premer-ligasining barcha ishtirokchilari uy uchrashuvlarini klub joylashgan hududdagi stadionda yoki o‘sha hududni o‘z ichiga olgan viloyatdagi arenada o‘tkazishi shart.

Lvov shahrida esa Ukraina premer-ligasi talablariga javob beradigan birgina stadion “Arena-Lvov” bor. Bu mahobatli inshoot 2012 yilgi Evropa chempionati uchrashuvlarini o‘tkazish uchun qurilgan. Biroq, “Rux” klubining bu arenani ijaraga olishga va unda o‘yin o‘tkazishga moliyaviy tomondan kuchi etmaydi.

42c29-Arena-Lvov

Vaziyat kuzatib borayotgan ekspertlarning ta’kidlashicha, hozircha tomonlar bir biriga umuman yon bosmoqchi emas. Ukraina premer-ligasi tashkilotchilari va Ukraina futbol assotsiatsiyasi har qanday vaziyatda ham reglament qoidalariga amal qilinishi ta’minlanlinishi kerakligini uqtirmoqda.

“Rux” rahbariyati esa, vaziyatdan kelib chiqib, uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan arenani o‘zi tanlamoqchi.

Hozircha, ushbu mojaroning yagona echimi sifatida “Rux”ning premer-liga musobaqalaridan chetlashtirilishi tilga olinmoqda. Chunki tomonlar o‘zaro kelishishni istamyapti va bunday vaziyatda masala klub zarariga ishlaydi.

Xorij ommaviy axborot vositalari tez orada “Rux” premer-ligada ishtirok etmasligi haqida rasman e’lon qilishini yozmoqda.

“Rux” o‘tgan mavsumda asosan premer-ligada qolish uchun kurashdi. So‘nggi turlardagi ijobiy natijalar tufayli ular 14 ta jamoa orasida 10-o‘rinni egallab, yuqori ligadagi joyini saqlab qoldi.

34e0f72f926729b50fef131227370a32

Ukraina chempionatining yangi mavsumi 23 iyul kuni boshlanadi. “Rux” jamoasi birinchi uchrashuvini 25 iyul kuni “Metallist” maydonida o‘tkazishi belgilangan.

Shomurodov raqamini o‘zgartirdi!

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol ura oladi? Eldor savolga javob berdi!

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol urishini aytdi!

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф лучше
19/07/2021 07:53
Xaromi rux
&
Турсун Ғани
19/07/2021 03:20
ЯҚИНДА БУ КАМАНДА ЎЛАДИ. ФАҚАТ УНДАН РУХИ ҚОЛАДИ...
&
Турсун Ғани
19/07/2021 02:33
ЭЙЙ БАТТАР БЎЛСИН РУХ...