Legionerimizning yangi jamoasi “Chelsi”ni ortda qoldirdi

  • 15 sentabr, 2024, 15:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya Premer-ligasi debyutanti “Ximki” jamoasi yangi mavsum uchun tarkibini tubdan o‘zgartirdi. Eng avvalo, bosh murabbiylikka ispan futboli maktabi vakili Frank Artiga olib kelindi.

48 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini o‘z yurtida boshlab, “Amposta”, “Ximnastik” va “Barselona”ning o‘smirlar jamoalarida ishlagan. Keyinchalik 2021-2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarining 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasini boshqargan.

Rossiyadagi faoliyatini “Rodina” klubida boshlangan ispaniyalik murabbiy “Ximki”ga shu yoz taklif etildi.

Moskva viloyati sharafini himoya qilayotgan jamoaning joriy mavsumdagi asosiy vazifasi Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish bo‘ladi. Klub xo‘jayinlari ana shu maqsadda transfer bozorida faollik ko‘rsatib, bir qator e’tiborga molik transferlarni amalga oshirdi.

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan championat.com saytining ma’lum qilinishicha, “Ximki” yangi mavsumda Premer-liga va Rossiya kubogi musobaqalarida qatnashish uchun jami 46 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Rossiya Premer-ligasida birorta klub bu qadar ko‘p o‘yinchiga ega emas. Aslida Evropada ham hech bir jamoa tarkibiga buncha futbolchini jamlamagan. Yaqinda Evropa futbol jamoatchiligi jami 42 ta o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazgan “Chelsi” klubini tanqid ostiga olgan edi. Endi “Ximki” jamoasi bu borada “aristokratlar”ni ham ortda qoldirdi.

Raqamlarga murojaat qilsak, yozgi transferlar vaqtida “Ximki” jami 21 nafar futbolchini qo‘shib oldi. Hozir tarkibda to‘rt darvozabon, 18 nafardan himoyachi va yarim himoyachilar, oltita hujumchi bor.

Biz uchun ahamiyatlisi, “Ximki” 26 avgust kuni o‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi Alisher Odilov bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. O‘zbekistonda “Paxtakor” va “Olimpik”da to‘p tepgan  23 yoshli hujumkor futbolchi “Ximki”ga erkin agent sifatida bepul tushdi. Asosan o‘ng qanotdan hujum uyushtiradigan iste’dodli o‘yinchi yangi jamoasida 21-raqam ostida o‘ynaydi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali “Ximki” tarkibida jami 14 nafar legioner borligi qayd etilgan. Bu klub Alisher Odilovdan tashqari, Venesuela, Panama, Serbiya, Kot d’Ivuar, Chernogoriya, Braziliya, Ispaniya, Xorvatiya, Belarus, Kolumbiya, Argentina, Nigeriya kabi mamlakatlardan kelgan o‘yinchilarga ham o‘z tarkibidan joy berdi.

“Ximki”ga Alisher Odilovning qo‘shilishi bilan Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz soni besh nafarga etdi.

Joriy mavsumda Abbosbek Fayzullaev TsSKA, Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev “Rubin”, Sherzod Esonov birinchi ligadan ko‘tarilgan “Akron” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Esonov ham Rossiya chempionatiga Alisherdan bir necha kun avval borib qo‘shildi.

Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz orasida Alisher Odilovdan boshqa hammasi yangi mavsumda debyut o‘yinini o‘tkazib bo‘ldi. Tez orada Alisher ham ular qatoriga qo‘shilishi kutilyapti.

 

Raqibda bunaqa talantlar yo‘q! O‘zbekiston, Shomurodov va O‘runovga qanday baho berishdi?

Evropani zabt etishga ketgan o‘zbek futbolchisi haqida ma’lumotlar

Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!

Evropadagi legionerimiz g‘alabaga tayyorlanyapti (foto)

Legionerimiz Premer-ligada to‘purar bo‘lishiga ishonishmayapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!