
“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?
Angliya Premer-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Siti”ni yangi mavsumda katta sinovlar kutmoqda.
O‘tgan yilgi inqiroz tufayli Xosep Gvardiola shogirdlari ketma-ket to‘rt yil davomi etgan chempionlikni “Liverpul”ga topshirib, ichki musobaqalar va xalqaro turnirlarda ham biror sovrinni qo‘lga kirita olmadi.
Xosep Gvardiola bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin tarkibni yangilash va yoshartirishga qaror qildi. 2025 yilning yanvarida Abduqodir Husanovning jamoaga olib kelinishi bilan boshlangan transfer siyosati hali hamon davom etmoqda.
Garchi jamoada avlodlar almashinuvi kechayotgan bo‘lsa-da, “shaharlik” muxlislar futbolchilardan eng yuqori natijalarni talab qilmoqda. Xususan, klubning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan fanatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir jarayonga o‘z munosabatini bildirmoqda.
Sports.uz portali “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Abduqodir Husanov haqida bo‘layotgan fikr-mulohazalarni jamladi va ularning bir qismini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
Samuel Aikhomu:
Husanov o‘tgan mavsum Pep Gvardiola tufayli zaxirada qolib ketdi. Endi bu yosh o‘yinchini o‘ynatinglar!
Mojuta King Knox:
Husanovni oldinda katta ishlar kutmoqda.
James Ryan:
Xosep Gvardiola yangi mavsumda Abduqodirga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishiga umid qilamiz. Debyut uchrashuvi boshidagi kichik xatodan keyin Husanov qolgan barcha bellashuvda mustahkam himoyalandi. Aslida o‘sha xatodan keyin ham o‘sha uchrashuvning o‘zida juda yaxshi o‘ynagan edi.
Nicklas Andreasen:
Biz muxlislar Husanovni yaxshi ko‘ramiz.
Leader Falcons:
Husanov eng zo‘r himoyachilardan biri.
Devotion Baloyi:
Husanov hali Rodri darajasiga chiqadi.
Raymond Kamau:
Abduqodir bu mavsum ko‘proq o‘ynashi kerak.
Jason Rusholme:
Husanovni darrov boshlang‘ich tarkibga qo‘yish lozim.
Tinotenda Kaifa:
O‘zbek futbolchisi o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynay oladi.
Busi Dlahmini:
Husanov jamoamiz devori.
Rubayet Adnan Partho:
Iltimos, Abduqodirga o‘yin davomida etarli vaqt bering.
Thant Zin Aung:
Husanov jamoamiz kelajagi.
Arafat Rahaman Akash Jr:
Mening orzum – uning “Siti”dagi o‘yinlarini stadiondan tomosha qilish.
Ernst Jamal KE:
Pep, Abduqodir o‘ynamasa bo‘lmaydi!
Zama S Shabalala:
Abduqodirni maydonga tushiring, iltimos.
Sfundo Mkhwanazi:
Jahonning eng zo‘r markaziy himoyachisi rivojlanish jarayonida.
Bella Romans:
Nunesning o‘rniga Husanovni o‘ynatinglar.
Kipkorir Xandros:
Abduqodir haqiqiy jangchi.
Kumbirai Kelvin Tsapo:
Husanov O‘zbekiston afsonasi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini 16 avgust kuni safarda o‘tkaziladigan “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin bilan boshlaydi.
O‘zbek legionerining jamoasi “ishkal” transferni amalga oshirmoqchi
Husanovning o‘yini ekspertlar tomonidan qanday baholandi?
Gvardiola Husanovning o‘yinini qanday baholadi?
Husanovchi? Gvadiola tez orada “Siti”dan ko‘pchilik ketishini aytdi
Husanov qancha olyapti? “Manchester Siti” futbolchilari maoshi e’lon qilindi
Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi
Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti
Fikrlar