
Messi “Barsa” ixtiyoridan ketadi
Argentina milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati saralash musobaqasida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Barselona” sardori Lionel Messi 8 oktyabr kuni Ekvador va 13 oktyabrda Boliviya terma jamoalariga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarda qatnashish uchun Argentinaga etib borshi kerak.
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Messining diskvalitsikatsiyasini bekor qilganidan keyin hujumchi terma jamoada o‘ynash imkonini qo‘lga kiritdi. Bungacha Leo Argentinaning Meksika, Chili va Germaniyaga qarshi bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi.
Agar Lionel Messi Argentina terma jamoasiga borib qo‘shilsa, “Barselona”ning bir necha muhim uchrashuvlari, xususan “Real” bilan bo‘ladigan “el-klasiko”ni o‘tkazib yuboradi.
Messi “el-klasiko”da o‘ynamaydi
Messi to‘qqiz yil davom etgan sudni yutdi
Mojaro davom etyapti. Messi Bartomeu bilan gaplashmay qo‘ygan
Fikrlar