
Messi hakamni xafa qildi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Paragvayga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni boshqargan braziliyalik arbitr Rafael Klausga e’tiroz bildirdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hakam Argentina terma jamoasi darvozasiga penalti belgilaganidan keyin Messi unga bosim o‘tkazishga harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda esa, Rafael Klaus Leoning raqib darvozasiga urgan golini hisobga olmadi. “Barselona” etakchisi bunga chidab turolmadi.
Messi hakamga yuzlanib, “Sen bugun ikki marta bizga qarshi noto‘g‘ri qaror chiqarding”, deb o‘shqirdi.
Argentinaliklarning ustozi Lionel Skaloni ham bir necha marta hakamga qarata “sharmandalik” deb qichqirdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Fikrlar