
Messiga qimmatli maslahat!
“Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolagan Xosep Gvardiola “Barselona”dagi shogirdi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Lionel Messi – “Barselona” futbolchisi. Men bu klub o‘yinchi va murabbiy sifatida o‘sishga erishishim uchun xizmat qilganidan behad minnatdorman. Messi o‘z faoliyatini “barselona”da yakunlashi tarafdoriman. U nimalar haqida o‘ylayotganini bilmayman, - dedi Gvardiola.
Kataloniya klubi argentinalik hujumchini yangi bitimga ko‘ndira olgani yo‘q. Messi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Gvardiolaning bu bayonotidan keyin uning qadrdon shogirdini chaqirish niyati yo‘qligi oshkor bo‘ldi.
Fikrlar