
Mourino o‘yindan keyin antiqa fikr aytdi
A Seriyaning 23-turida “Roma” safar uchrashuvida “Empoli” ustidan 4:2 hisobida zafar quchib, musobaqa jadvalida 38 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Temmi Abraxamning dubli, Nikolo Dzanolo va Serjiu Oliveyraning bittadan goli evaziga birinchi bo‘limni 4:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan rimliklar o‘yinning ikkinchi yarmida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.
“Yuventus” bilan bo‘lgan uchrashuvda ham hisobda ikki to‘p farqi bilan oldinda borib, oxir-oqibat o‘yinni boy bergan “Roma” ustozi Joze Mourino ancha xavotirga tushgan bo‘lsa-da, bellashuvdan keyin bu vaziyatni ajoyib tarzda izohladi.
- Biz “Latsio” va “Atalanta” durang o‘ynaganini, “Fioretina” ochko yo‘qotganini bilardik va shuning uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart etdi.
Siz ikkinchi bo‘limni bejizga tomosha qilmadingiz. Agar biz beshinchi golni urganimizda siz televizorni o‘chirib qo‘ygan bo‘lardingiz. Shunday ekan, biz o‘yinga bo‘lgan qiziqishni yuqori darajada ushlab turdik.
O‘z jamoamni qutlayman. Shuningdek, “Empoli”ni ham tabriklayman. Chunki bu jamoa futbolchilari to‘rtta to‘p farqi bilan ortda qolayotganini qaramvy, ikkinchi bo‘limda o‘ziga keldi va oxirigacha muvaffaqiyatga ishondi, - dedi Joze Mourino.
Fikrlar