Mourino Shomurodovga imkon bermayapti!

  • 19 oktabr, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati jamoani grand klublar darajasiga ko‘tarishga qaror qilgan. Bu katta loyihani amalga oshirish Joze Mourinoga ishonib topshirildi. Portugaliyalik mutaxassis qisqa fursatda kuchli jamoa tuzish va natija ko‘rsatishga qodirligi bilan nom qozongan. Buning uchun unga o‘zi istagan futbolchilarni olib berish va bu borada pulni ayamaslik lozim. “Roma”ning hozirgi rahbariyati aynan shu yo‘ldan bormoqda.

Tecno

Shu kunga qadar “Roma”ga kelganlarning har birini Joze Mourinoning shaxsan o‘zi tanlagan. Ketganlarning aksariyati ham uning talabi bilan joyidan ayrildi. Faqat Edin Jeko yangi bosh murabbiyning istagiga ters tarzda “Inter”ga o‘tib ketib qoldi. Mourinoning rejasiga ko‘ra, “Jenoa”dan olingan Eldor Shomurodov yoshi o‘tib qolayotgan bosniyalik yulduz bilan asosiy hujumchi roli uchun raqobatlashishi kerak edi.

1630868273_shoma

Biroq,  “Inter” to‘purari Romelu Lukaku “Chelsi”ga o‘tgani Mourinoga “aristokratlar” hujumchisi Temmi Abraxamni olish imkonini tug‘dirdi. Amalda “Roma”, “Inter” va “Chelsi”  o‘zaro hujumchi almashtirgan bo‘lib chiqdi.

Temmi Abraxamning Rimga kelgani Eldor Shomurodovga qimmatga tushdi. Angliyalik yulduz kelgunga qadar “Roma”ning asosiy hujumchisiga aylangan legionerimiz raqobatsiz zaxiraga mixlandi. Ungacha gol urish va golli pas berish borasida ijobiy statistika qayd etayotgan Shomurodov muntazam maydonga tushirilayotgan bo‘lsa-da, o‘zini ko‘rsatish uchun etarli vaqtga ega bo‘lmayapti. Joze asosan uni bir necha daqiqa o‘ynatmoqda.

Temmi Abraxam “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan Angliya terma jamoasi safida to‘pig‘idan jarohat olgandi. Tiklanish va fizioterapiya muolajalari tufayli “Roma” futbolchilari bilan umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashmadi. Tahlilchilar, eekspertlar, jurnalistlar va muxlislar Turindagi bahsda Mourino endi boshlang‘ich tarkibda Shomurodovni tushirishini kutgan edi. Biroq, uchrashuv oldidan Joze kutilmagan qarorga keldi va maydonga “chalajon” Abraxamni tashladi.

Shomurodov boy berilgan uchrashuvning 81-daqiqasida ko‘rinish berdi. 9-10 daqiqa ichida “Yuventus”dek grand klub darvozasiga yo‘l topish uchun imkon ham, vaqt ham bo‘lmadi. Bu uchrashuvdan keyin “Roma” muxlislari Eldor Shomurodovga Mourino imkon bermayotganini gapira boshladi.

107858_7hdh32h

Sports.uz portali e’tiboringizga “Roma” muxlislarining fikr va mulohazalarini taqdim etadi.

Gianluca Boccuto:

Mourino hujumchi tanlashda adashdi. Abraxam jarohat olgan va optimal formadan ancha uzoqda. Eng asosiysi, uning harakatlarida qat’iyat etishmadi. Bu hujumchi uchun juda zarur xususiyat. Veretu penaltini undan olib qo‘ygani ham bejiz emas. Mening fikrimcha, Eldor Shomurodovga imkoniyat berish kerak edi.

Flavia Mancini:

Hujum chizig‘i rasvo o‘ynadi. Shomurodov bahsga qo‘shilib, ikkita hujumchi bilan ham o‘yinimiz o‘xshamadi.

Vittorio Pitorri:

Mourino nega Shomurodovga ishonch bildirmayotganiga hech tushunmayapman. O‘zbek hujumchisi “Roma”dagi dastlabki uchrashuvlarni zo‘r o‘tkazgan edi. Hozir jarohatlangan Abraxamni o‘ynatmasdan, Eldorga imkon berish kerak.

Christian Frasca:

Menga Shomurodov qanday ishtiyoq bilan maydonga tushgani yoqdi. Bu hujumchiga imkon berishmayotgani achinarli. U o‘yinga qo‘shilishi bilan hujum chizig‘i jonlandi.

Federico de Luca:

Shomurodov sariq kartochka oldi va bir-ikki marta o‘yindan tashqari holatga tushdi. Uning faolligi ham bizni qutqara olmadi.

Giulia Di Cocco:

Mourino o‘yin oxirida faqat Shomurodovni maydonga tushirdi. Borxa Mayoral va Karles Peres kabi hujumchilarni zaxira o‘rindig‘ida ushlab o‘tirdi.

Gabriele Macchiusi:

Bizni Shomurodov ham qutqara olmadi.

Roberta Palombo:

Mourino o‘yinchi almashtirishni cho‘zib yubordi. Birinchisi jarohat tufayli almashtirildi. Keyingisa esa 81-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. Shomurodovga o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt etishmagani yaqqol bilinib turdi.

rueab6f7f2f40

Bu italiyalik ishqibozlarning izohlari edi. O‘zbekistonlik futbol muxlislari bu borada qanday fikrda? Siz ham Mourino haqiqatan Eldorga imkoniyat bermayapti deb hisoblaysizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

Evropadagi legionerlarimiz: Alamli mag‘lubiyat, bitta gol va tuzalmagan jarohat!

“Real”ga gol urgan Yaxshiboev “Inter”ga qarshi o‘ynaydimi?

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan Shomurodov haqida nimalar dedi?

 “Roma”: Mourino va Allegrining 9-duelida Shomurodov asosiy qurol bo‘ladi

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

“Nyukasl”ga Mourino kerak! Joze "Roma"ni tashlab ketadimi?

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Xusanboy Shavkatov
19/10/2021 11:31
Shomurodovga o'zini ko'rsatish uchun imkon albatta bo'ladi, faqat mehnat qilishdan to'xtamasa bo'ldi,Eldorni yulduzli onlari hali oldinda!
&
Бухорий Шариф
19/10/2021 00:05
Албатта шунда Мауриноё Элдорни ҳеч бўлмаса ЮВЕ га қарши ўйинда асосийда тушириши керак эди. Албатта гол урарди. Абраҳам келгунча ҳар ўйинда асосийда тушиб гол уриб, голли паслар бериб турганди. Жозе бу кетишда футболчини руҳиятини синдиради деб қўрқаман. Кўпроқ вақт берсин голлари Абраҳамдан кўп бўлади Элдорни.
&
XAVAND
19/10/2021 18:15
21-октябрь куни булиб утадиган Конференция кубоги "Буде-Глимт" (Норвегия) - "Рома" (Италия) уйинида Элдор Шомуродов асосий таркибда бошйлайди ва гол уради деб умид килиб коламиз.
Sergey Ivankov
19/10/2021 13:41
К сожалению, в своих проблемах Элдор виноват сам. У него все есть: техника, скорость, видение поля, хорошие габариты. Но у него нет спортивной злости, спортивной наглости. В России и Европе ему мешает узбекская скромность, воспитание, наша андиша. Там это воспринимается как слабость. И в Ростове, и в Италии имея выгодную ситуацию отдает пас партнерам, а те его не понимают и портят моменты. Если бы брал игру на себя и шел на обыгрыш при своей высокой технике, то у него на счету уже было бы 3-5 голов за «Рому» в чемпионате. Элдор, братишка, все забудут, что ты отдаешь пасы партнерам, но все помнят, что ты не забиваешь. У нас есть такой же пример с теннисистом Денисом Истоминым. Тоже нет характера, какой-то флегматичный, поэтому всем подряд проигрывает. Бери пример с боксёра Шахрама Гиясова, вот настоящий боец, с первых минут подавляет соперника, гоняет его по рингу и тот уже думает, чтобы все это поскорей закончилось, и даже не думает о чемпионстве.
Элдор, ты наш первый представитель в ТОП-5 мирового футбола, тысячи мальчишек мечтают повторить твой путь. Весь Узбекистан сидит у телевизоров, когда играет «Рома». Даже если Маур выпускает тебя на 15 минут, пользуйся любым моментом чтобы забить, рискуй, хуже уже не будет. Мы все твои земляки не хотим, чтобы тебя отдали в аренду в слабую команду и зарывали твой талант. Вперед, братишка!
&
равшанбектохтаев
19/10/2021 10:36
Шомуродов ачосийда тушганда уйини ухшамаяпти, иккинчи тайм бошида туширганда узини кцрсатиши мумкун эди
&
Х. Тухтаев
20/10/2021 05:37
Уни махоратини рақиб химоячилари билади ортидан қолм ай ўйнагани имкон бермаяпти.
azam nazarov
19/10/2021 21:00
Рома мураббийи Жозе Моуриньо
Элдорни ҳеч бўлмаса 60 минут бошлангандан сўнг жангга ташласа,, бирор,, натижага эришиши мумкин.
azam nazarov
19/10/2021 20:58
Рома мураббийи Жозе Моуриньо Элдорни ҳеч бўлмаса 60 минут бошлангандан сўнг жангга ташласа,, бирор,, натижага эришиши мумкин.
solijon bobokulov
19/10/2021 20:36
Nega endi? Mana konferensiyalar ligasida Ukraina klubiga qarshi oyinda Eldorni asosiyda tushirdiku. Eldor brga bir vaziyatni ko'kka sovurdi. U almashtirilgach gollar bo'ldi/
Odil Kilichov
19/10/2021 00:11
Фойдаси йук